

"Neradzurrilar" belgiyalik futbolchi uchun 25 million evro to'lashga tayyor, yana 5 million evro esa bonus sifatida taqdim etiladi, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri. Nainggolanga Luchano Spallettining o'zi qiziqish bildirmoqda. Bundan avval Spalletti va Nainggolan "Roma" jamoasida birga ishlagan.



