Nagelsmann "Bavariya"ning Levandovskisiz o'yiniga baho berdi
07 avg 2022 11:05
Yangiliklar


Nagelsmann "Bavariya"ning Levandovskisiz o'yiniga baho berdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yozda jamoani tark etgan Robert Levandovskisiz o'yinga baho berdi.
"Gollarni boshqacharoq tarzda urishimiz kerak. CHupo-Moting va Zirkzini olib tashlasak, bizda darvozaga zarba beradiganlar qolmaydi.
Endi barcha futbolchilar ko'proq harakat qilishi va ko'proq masuliyatni bo'yniga olishi kerak. Ko'rib turibman, shu orqali futbolchilar yanada chidamli bo'lishadi", - dedi Nagelsmann.
"Bavariya" mavsumni "Ayntraxt"ga qarshi bahs bilan boshladi va 6:1 hisobida g'alabaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar