So’nggi yangiliklar

10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  0 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг муддат футбол ўйнамаслиги маълум  17 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  18 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  15 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  10 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  38 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  5

Nagelsmann: "Agarda "Bavariya" ECHLni qo'lga kiritsa, qura omadli kelgan deb bo'lmaydi" Yangiliklar

Nagelsmann: "Agarda "Bavariya" ECHLni qo'lga kiritsa, qura omadli kelgan deb bo'lmaydi"

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ECHL 1/4 finalida "Manchester Siti" raqi bo'lgani haqida gapirdi.

"Qurani murabbiylar shtabi bilan birgalikda tomosha qildik. Yaxshi va qiyin raqib. Agarda ECHL sovrinini qo'lga kiritadigan bo'lsak, bizga qura omadli tushgan deb bo'lmaydi.

Qiyin guruhdan chiqdik. Keyin PSJ bilan bahslar, endi esa "Siti". Balki yarim final ham top-darajada bo'lar. O'tgan mavsumda "Real" shu kabi og'ir yo'lni bosib o'tdi. Biz ham o'yinga yaxshi tayyorlanamiz va sabrsizlik bilan kutamiz.

Pep Gvardiolaning "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"dagi ko'plab o'yinlarini tomosha qilganman. Pepning jamoalari anchagina quvnoq. Uning g'oyalari ancha tajovuzkor va jamoalari to'p bilan ko'p bo'ladi. Uning jamoalari o'yinlarini bajonidil tomosha qilaman.

Erling Xoland - vaziyatlarni hal qiluvchi xavfli futbolchi. Tezlik va jismoniy jihatdan uning sifatlari yuqori. U tez yuguradi va unga qarshi o'ynash yoqimli emas. Biroq bizda ham yaxshi hujumchilar bor. O'z navbatida "Siti"ning tarkibi ham juda kuchli", - dedi Nagelsmann.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика