MYUning 10 futbolchisi navbatdagi bahsda ishtirok etmasligi mumkin
26 fev 2019 17:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/479724_original.jpg)
![](/upload/storage/479724_220.jpg)
MYUning 10 futbolchisi navbatdagi bahsda ishtirok etmasligi mumkin
"Kristal Pelas"ga qarshi bahs oldidan "Manchester Yunayted" tarkibida jiddiy muammolar bor.
O'n nafar futbolchi ushbu o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Himoyachilar Fil Jons, Matteo Darmian va Antonio Valensiya anchadan beri jarohatlanganlar ro'yxatida.
Yarim himoyachi Nemanya Matich va vinger Antoni Marsyal yaqinda shikastlanishdi. Marsyal PSJ bilan bahsda, Matich esa "Liverpul"ga qarshi uchrashuv oldidan.
"Qizillar"ga qarshi o'yin vaqtida jarohat tufayli uch kishi almashtirildi: Xuan Mata, Ander Errera va Jessi Lingard, Markus Rashford o'yinni jarohat bilan yakunladi.
SHu bilan birga yosh Meyson Grinvud ham shikastlangan.
Marsyal, Matich, Jons, Darmian, Valensiya va Lingard "Kristal Pelas"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Qolganlar so'roq ostida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar