Myuller Inzagini quvib o'tib, ECHL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi
02 dek 2020 20:40
Yangiliklar
Myuller Inzagini quvib o'tib, ECHL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi
CHempionlar Ligasi 5-turi doirasida “Bavariya” safarda “Atletiko” (1:1) bilan murosa yo'lini tanladi.
Uchrashuvni zaxiradan boshlagan myunxenliklar azosi Tomas Myuller 2-taymda maydonga tushdi va bo'lim oxirlarida raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.
Bu Myullerning musobaqadagi 47-goli bo'ldi va u eng yaxshi to'prarlar reytingida 10-o'ringa ko'tarildi. Tomas italiyalik sobiq hujumchi Filippo Inzagini (46 to'p) ortda qoldirdi.
Hisobida 48 tadan gol bo'lgan Zlatan Ibragimovich va Andrey SHevchenko esa 9-o'rinni bo'lishib turibdi.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” 6-tur doirasida 10 dekabrda “Lokomotiv” bilan bahslashadi va mazkur o'yinda Myuller o'z natijasini yaxshilab olish imkoniga ega bo'lishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar