MYU Xoland uchun kurashda etakchi, Sulsher uni sotib olishni so'ramoqda
14 noy 2019 17:21
Yangiliklar


MYU Xoland uchun kurashda etakchi, Sulsher uni sotib olishni so'ramoqda
"Manchester Yunayted" "Zalcburg" hujumchisi Erling Xoland uchun kurashda etakchilik qilmoqda.
Xabar qilinishicha, 19 yoshli norvegiyalik futbolchiga "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qiziqmoqda.
U klub rahbariyatidan futbolchini sotib olishni so'ragan. "Zalcburg" futbolchining sotuvidan 90 milliondan 100 million evrogacha ishlab olishni xohlamoqda.
Xoland joriy mavsum barcha turnirlarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar