MYU Xoland uchun kurashda yetakchi, Sulsher uni sotib olishni so'ramoqda

Alisher
14 noya 2019, 17:21
"Manchester Yunayted" "Zalcburg" hujumchisi Erling Xoland uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Xabar qilinishicha, 19 yoshli norvegiyalik futbolchiga "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qiziqmoqda.

U klub rahbariyatidan futbolchini sotib olishni so'ragan. "Zalcburg" futbolchining sotuvidan 90 milliondan 100 million evrogacha ishlab olishni xohlamoqda.

Xoland joriy mavsum barcha turnirlarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 4ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Dagbladet