MYU va "Nyukasl" CHLga chiqishi uchun yana qancha ochko to'plashi kerak?

Aslanov Jasurbek
20 may 2023, 21:49
"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" kelasi mavsum Chempionlar ligasida o'ynashga yaqin turibdi.

"Manchester Yunayted" 37-turda "Bornmut"ni 1:0 hisobida taslim qildi, "Nyukasl" esa 25-turning qoldirilgan bahsida "Brayton"ni 4:1 mag'lubiyatga uchratdi.

MYU va "Nyukasl" 69 ochko to'pladi va jadvalda 3 hamda 4-o'rinlarni egallab turibdi.

"Liverpul" "Aston Villa" bilan durang qayd etganidan so'ng MYU va "Nyukasl" Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun 1 ochko kerak bo'ladi.

APL JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru