MYU va "Napoli" Tuanzebening 500 ming evrolik ijarasi borasida kelishuvga erishishdi
01 jan 2022 18:01
Yangiliklar
MYU va "Napoli" Tuanzebening 500 ming evrolik ijarasi borasida kelishuvga erishishdi
"Manchester Yunayted" va "Napoli" himoyachi Aksel Tuanzebening ijarasi borasida og'zaki kelishuvga erishishdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, kelishuv 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Angliya klubi o'yinchining ijarasi uchun 500 ming evro oladi.
Kelishuvda futbolchini xarid qilish bandi ko'zda tutilmagan.
Tuanzebe tez orada o'zi mavsumning dastlabki qismida harakat qilgan "Aston Villa"dan ketadi va "Napoli"ga yo'l oladi.
Himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar