Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" o'yini "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi
13 mar 15:20
Yangiliklar


Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" o'yini "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi
Buxoro shahridagi stadion mavsumga o'z vaqtida tayyor bo'lmagach, "Buxoro" klubi o'z raqiblarini Toshkentdagi "Jar" stadionida qabul qilishga majbur bo'lmoqda.
Qayd etish kerak, "Jar" stadionidan, shuningdek, "Paxtakor" futbol klubi ham foydalanib kelmoqda. Endilikda Olimpiada—2028 yo'lida tashkil etilgan "Olimpik MobiUz" jamoasi ham Proliga o'yinlarini "Jar" stadionida o'tkazish istagini bildirdi hamda stadion bilan imzolangan shartnomani Ligaga taqdim etdi. Associaciya va Liga kelishuvi bo'yicha, Proliga aprel oyida start olishi, "Buxoro" klubi esa unga qadar o'z shahriga qaytishi lozim edi. Biroq fevralda bo'lgani kabi, Buxorodagi stadion mart yakuniga qadar ham tayyor bo'lmasligi oydinlashdi.
Shundan kelib chiqib, "Buxoro" 4 aprel kuniga reja qilingan Superliga 4-turi doirasidagi "Bunyodkor" klubiga qarshi bellashuvni raqibi maydonida o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar