Yan Oblak: "Afsuski, futbolda bunday holatlar uchrab turadi"
13 mar 2025 15:00
Yangiliklar
Yan Oblak: "Afsuski, futbolda bunday holatlar uchrab turadi"
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak "Real"ga qarshi kechgan bahs haqida fikr bildirdi.
"Albatta, bu og'riqli. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik, lekin omadimiz kelmadi. Muxlislarimiz ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Mag'lubiyat ko'nglimizni cho'ktirdi. Afsuski, hisobni tenglashtira olmadik.
Ryudigerning penaltisi? Agar men oldinroq sakraganimda, uni osongina qaytarib yuborgan bo'lardim. Oxirgi soniyagacha kutishimga to'g'ri keldi, u to'pni o'sha burchakka tepadi deb o'ylagandim. Ozgina kechikib qoldim, shu sababli to'p darvozaga kirib ketdi. Bizga omad kulib boqmadi. Afsuski, futbolda bunday holatlar uchrab turadi" - dedi Yan Oblak "Real"ga qarshi bahs yakunlangach

Havola :
Manba : https://x.com/atletiuniverse/status/1899967925626245451?s=46
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Fikrlar