So’nggi yangiliklar

09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  2 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  6 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1

Elit OCHL. Buyog'i qanday davom etadi? Yangiliklar

Elit OCHL. Buyog'i qanday davom etadi?

Elit Osiyo chempionlar Ligasining uy-mehmon tarzida o'tkazilgan 1/8 final bosqichi o'z nihoyasiga etdi.

Guruh uchrashuvlari yakunlariga ko'ra, G'arb va Sharq mintaqasidan 8tadan 16ta jamoa keyingi bosqichga yo'l olgandi. 1/8 final o'yinlaridan so'ng 8ta klub musobaqa bilan xayrlashdi.

G'arbda "Al Vasl" (BAA), "Istiqlol" (Eron), "Al Rayan" (Qatar) va "Paxtakor" (O'zbekiston) shu bosqichda o'z ishtirokini tugatgan bo'lsa, Sharqda "Shanxay Port" (Xitoy), "Shanxay Shenxua" (Xitoy), "Johor Darul Tazim" (Malayziya) va "Vissel Kobe" (Yaponiya) musobaqani nimchorak finalda yakunladi.

Buyog'iga har ikki mintaqadan kuchli 8ta jamoa qoldi va turnir reglamentiga ko'ra, 1/4 finaldan boshlab barcha o'yinlar Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Markazlashgan tartibdagi o'yinlarga Jidda shahridagi ikkita stadion - "Qirol Abdulloh" (sig'imi 63 ming) va "Shahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig'imi 27 ming) mezbonlik qiladi.

Elit Osiyo chempionlar Ligasining navbatdagi formati quyidagicha ko'rinish oladi. 14 mart kuni bo'lib o'tadigan qura marosimidan so'ng jamoalar G'arb-Sharq misolida to'rtta juftlikka ajratiladi. Yani, avvalgi yillari Sharq va G'arb faqat finalda o'zaro raqib bo'lgan bo'lsa, endilikda chorak finaldan boshlab Sharqning raqibi G'arb, G'arbning raqibi Sharq jamoalari bo'ladi.

Chorak final o'yinlari 25-26 aprel kuni o'tkazilsa, yarim final uchrashuvlari 29-30 aprelga belgilangan. 4 may kuni muhtasham "Qirol Abdulloh" stadionida musobaqaning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tadi. Final bitta o'yindan iborat bo'ladi. Shuningdek, 3-o'rin uchun bahs o'tkazilmaydi.

Hal qiluvchi bosqichda ishtirok etadigan klublar:

"Al Ahli" (Sudiya Arabistoni)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
"Yokogama Marinos" (Yaponiya)
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Gvangju FK" (Janubiy Koreya)

Sizningcha, chempionlikni kim qo'lga kiritadi?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика