Hojimat Erkinovda jarohat bormi?
13 mar 2025 13:05
Yangiliklar
Hojimat Erkinovda jarohat bormi?
Championat.asia sayti 23 yoshli futbolchi bilan bog'lanib, uning hozirgi holati bilan qiziqdi. Erkinovning bizga malum qilishicha, shu kecha-kunduzda unda hech qanday jarohat mavjud emas. Demak, u Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi xohishiga ko'ra terma jamoaga jalb etilmagan.
Malumot uchun, Hojimat Erkinov oxirgi marta 27 fevral kuni BAA Pro ligasi 18-turidan o'rin olgan "Al Ayn"ga qarshi bellashuvda 64 daqiqa harakat qilgan. U joriy mavsum "Al Vahda" safida 18 o'yin o'tkazib, 4 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq Azizbek Turg'unboev nima uchun terma jamoadan chaqiruv olmagani haqida xabar bergandik. Shundan so'ng futbolchining o'zi ham bu haqda to'xtalib o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 mart kuni Toshkentda Qirg'iz Respublikasi bilan, 25 mart kuni Tehronda Eron bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar