MYU uch futbolchidan boshqa istalgan o'yinchini sotishga tayyor
29 apr 21:59
Yangiliklar
MYU uch futbolchidan boshqa istalgan o'yinchini sotishga tayyor
"Manchester Yunayted"da faqat uch futbolchining jamoada qolishi 100% aniq.
Malumotlarga ko'ra, mankunianlar deyarli barcha futbolchi uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Yangi rahbariyat yozgi transferlar oynasida o'ziga xos uslubni qo'llamoqchi - bu jiddiy moliyaviy cheklovlar va jamoaning CHempionlar ligasidagi ishtirok etmaslik ehtimoli bilan bog'liq.
MYU faqat uch futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi: Rasmus Xeylund, Alexandro Garnacho va Kobbi Maynu. Kelajakda jamoa ular atrofida quriladi.
Markus Reshford borasida to'xtaladigan bo'lsak, "Yunayted" uni sotishga urinmaydi, lekin takliflarni ko'rib chiqadi. Asosiy to'siq uning maoshi bo'lishi mumkin.
Fikrlar