MYU sobiq himoyachisi: "Ronaldu klubga faqat piar uchun kerak"
24 fev 2022 15:10
Yangiliklar
MYU sobiq himoyachisi: "Ronaldu klubga faqat piar uchun kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Pol Parker manchesterliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
"Ronaldu klubga faqat futbolkalarning sotilishi va piar uchun kerak. Agar Krishtianu to'pni yaxshiroq ushlaydigan "Manchester Siti"da o'ynaganida, uni ko'proq o'yinda ko'proq ko'rgan bo'lardik. Ronaldu hozirda izolyaciyada va kam to'pga teginmoqda. Jamoada hozir o'yin uslubi yo'q", - deydi Parker.
Ronaldu joriy mavsum MYU tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar