So’nggi yangiliklar

13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  20

APL. "Manchester Siti" o'z uyida "Brayton" bilan durang o'ynadi, Husanovda avtogol Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z uyida "Brayton" bilan durang o'ynadi, Husanovda avtogol

Bugun Angliya Premer ligasida 29-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o'z maydonida "Brayton"ni qabul qildi. Bellashuv jangovar 2:2 hisobi bilan yakunlandi. "Shaharliklar" 48 ochko bilan 5-o'rinda qolishdi, "Brayton" ham o'z joyida qoldi 47 ochko bilan.

YANGILASH

APL, 29-tur

15.03.2025, 20:00

"Etixad stedium", Manchester

"Manchester Siti" - "Brayton" 2:2

Gollar: E.Xoland 11 (pen.), O.Marmush (I.Gyundogan) 39 - P.Estupinyan 21, A.Husanov (avtogol) 48

Bosh hakam: Saymon Xuper

"Manchester Siti": 18.Shtefan Ortega, 3.Ruben Diash, 24.Yoshko Gvardiol, 45.Abduqodir Husanov, 82.Riko Lyuis, 14.Niko Gonsales, 19.Ilkay Gyundogan, 26.Savino (20.Bernardu Silva, 58) (47.Fil Foden, 76), 7.Omar Marmush (17.Kevin De Bryuyne, 86), 11.Jeremi Doku, 9.Erling Xoland.

Zaxira: 33.Skott Karson, 8.Mateo Kovachich, 10.Jek Grilish, 22.Vitor Reys, 27.Mateus Nunes, 87.Jeyms Makati.

"Brayton": 1.Bart Verbryuggen, 4.Adam Uebster, 29.Jan Pol van Xekke, 30.Pervis Estupinyan, 14.Jorjinio Rutter (18.Denni Uelbek, 75), 20.Karlos Baleba (27.Mats Viffer, 87), 25.Diego Gomez (26.Yasin Ayari, 75), 41.Jek Xinshelvud, 17.Yankuba Minte (11.Simon Adingra, 83), 22.Kaoru Mitoma (8.Brayan Gruda, 83), 9.Joao Pedro.

Zaxira: 39.Karl Rushvort, 16.Eyran Kashin, 53.Jeykob Slater, 57.Jo Nayt.

Ogohlantirishlar: Savino 15, Doku 62 - J.Pedro 10, K.Mitoma 19, K.Baleba 26, M.Viffer 89


Uchrashuv yakunlandi.

Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86 - O'zgarish: Marmush o'rniga De Bryuyne tushdi.

83 - Baleba juda qulay vaziyatdan osmonga tepdi to'pni.

79 - Zarbaaa, Niko Gonsalesning zarbasini darvoza ustuni qaytardi.

76 - Zaxiradan tushgan Bernardu Silva jarohat oldi va yana qaytib zaxiraga olindi, o'rnini Foden egalladi.



64 - Husanov ikkinchi qavatda to'pni qaytarib yubordi.

59 - Diego Gomez Ronaldino uslubida zarba berdi, ijro Timo Verner uslubida bo'ldi)

48 - GOL! Afsuski, Xinshelvud tepgan to'pni Abduqodirga tegib darvozadan joy oldi - 2:2. Hamyurtimizdan avtogol.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanafffus!

45+2 - Husanov to'pni yiqilayotgan Pedroning o'ziga tepib to'pni undan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.



43 - Zarbaaa, Gvardiol va Diashning bir-birini yaxshi tushunmasligi ortidan Pedro zarba poziciyasiga chiqib bordi va zarba yo'lladi, biroz noaniq.

39 - GOOOLLL! Omar Marmush jarima maydoniga kirib o'tirmay kuchli va aniq zarba bilan mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi - 2:1.

35 - Mintedan zarba, lekin ancha noaniq.

32 - Savinoning zarbasidan keyin van Xekkedan ajoyib "podkat".

24 - Zarbaaa, Savinoning aniq zarbasidan keyin Verbryugen chiroyli seyvni ijro etdi.

21 - GOOOLLL! Pervis Estupinyan jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi - 1:1. To'p darvoza ustuniga tegib to'rdan joy oldi.

19 - Qarshi hujumga qochayotgan Savinoni yiqitgani uchun Mitoma ogohlantirildi.

11 - GOOOLLL! Erling Xoland Marmush ishlagan penaltini golga aylantirdi - 1:0.

9 - Penalti, Marmushga nisbatan qoida buzish sabab "Brayton" darvozasiga 11 metrlik belgiladi Saymon Xuper.

6 - GOL emas, Mitoma hisobni ochdi, lekin gol urguncha darvozabon Ortegaga nisbatan qo'pollik ishlatdi va gol inobatga olinmadi.

Uchrashuvga start berildi.

- Ayni paytda mezbonlar 47 ochko bilan 5-o'rinda, mehmonlar esa 46 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Superligamizda 2-tur bellashuvlari boshlanib ketgan bir pallada Angliyada Premer liga o'yinlari boshlanib ketdi. "Shaharliklar" bugun ancha qiyin raqib hisoblanadigan "Brayton"ni qabul qiladi.



Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика