Superliga. Gollarga boy o'yinda "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi
16 mar 21:28
Yangiliklar


Superliga. Gollarga boy o'yinda "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi
"So'g'diyona" — "Navbahor" 2:3
16.03.2025
Bosh hakam: Ahrol Rusqullaev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Akmal Giyosov
Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Xayriniso Erkinova
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: 0:1 — 2, Po'latxo'ja Xoldorxonov (Mirzohid G'ofurov), 1:1 — 14, Lyupcho Doriev, 1:2 — 66, Ruslan Jiyanov (Alisher Odilov), 2:2 — 76, Lyupcho Doriev (Suhrob Izzatov), 2:3 — 90, Pedro (Alisher Odilov).
"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo'raboev, 8.Suhrob Izzatov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 3.Islom Qobilov, 17.Ehsone Panshanbe (28.Stanislav Andreev, 77), 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodir Soyibov, 9.Samandar Mavlonqulov (77.Luka Dordevich, 88), 14.Lyupcho Doriev.
Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 5.Behruz Jumatov, 6.Samandar Sindarov, 11.Sahob Rashidov, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 23.Sardor Hoshimov, 99.Umid Sultonov.
"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 19.Mirzohid G'ofurov (15.Javohir Abdujabborov, 46), 99.Igor Gabriel, 8.Shohmalik Komilov, 13.Benjamin Teidi, 70.Abbos G'ulomov (17.Ruslan Jiyanov, 64), 7.Azim Ahmedov (12.Saidazamat Mirsaidov, 46), 10.Shahzod Ubaydullaev (37.Alisher Odilov, 64), 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov (29.Pedro Augusto, 81).
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Shahzod Toirov, 9.Zabihillo O'rinboev, 71.Navro'z Iminjonov.
Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov (22), Ehsone Panshanbe (58), Shahzod Ubaydullaev (61), Javohir Abdujabborov (67), Otabek Ahadov (90+5).
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Pedro raqib jarima maydonida "So'g'diyona" darvozabonini aldab o'tib, to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!
88. "So'g'diyona" yana bir o'zgarish amalga oshirdi.
87. Zarba! Andreevning autdan uzatmasi natijasida Qobilov zarba yo'lladi, Yo'ldoshev to'pni egallab oldi.
83. Zarba! Abdujabborovning olisdan yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
81. "Navbahor" tarkibida o'zgarishga qo'l urildi.
77. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish ro'y berdi.
76. GOL! Raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib olgan Doriev o'girilib olib, chap oyoqda "Navbahor" darvozasining pastki olis burchagini aniq nishonga oldi!
73. Xavfli vaziyat! Mavlonqulovning zarbasidan so'ng Gabriel darvozasiga kirib ketayotgan to'pni qaytardi.
70. "So'g'diyona" himoyachisiga o'z jarima maydonida to'p qo'liga tegib ketdi, hakam o'yinni davom ettirish lozimligini bildirdi.
69. Dorievning uzatmasidan so'ng Qobilov bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.
67. Abdujabborov raqibni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.
66. GOL! Hozirgina maydonga tushgan Jiyanov chap oyoqda "So'g'diyona" darvozasining yaqin pastki burchagani aniq nishonga oldi!
64. "Navbahor" tarkibida yana ikki o'zgarish amalga oshirildi.
61. Ubaydullaev "So'g'diyona" darvozaboni to'pni o'yinga kiritayotgan payt unga xalaqit bergani uchun ogohlantirildi.
60. Ahadov Komilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jarima zarbasini esa himoyachilar qaytardi.
58. Panshanbe hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
56. "Navbahor"ning burchak uzatmasi muaffaqiyatsiz yakunlandi.
53. Qahramonov "Navbahor" jarima maydonida raqib himoyachisi bilan kurashda yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi.
50. "Navbahor" futbolchisining kuchli bo'lmagan zarbasini Sobirov egallab oldi.
48. "So'g'diyona"ning ikki burchak uzatmasi qaytarildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
"Navbahor" tarkibida ikkki o'zgarish amalga oshirildi. Abdujabborov va Mirsadov maydonga tushdi. G'ofurov va Ahmedov zaxiraga olindi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
40. Xavfli vaziyat! "So'g'diyona"ning burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi, Yo'ldoshev qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
38. Standart vaziyat "Navbahor" himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.
37. Panshanbega nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi.
35. "So'g'diyona" ketma-ket ikkita burchak zarbasiga ega bo'ldi. "Navbahor" himoyachilari qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi.
31. Oxirgi 10 daqiqada "So'g'diyona" xavfli vaziyatlar tashkil etmoqda.
26. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Igor Gabriel bosh bilan zarba yo'lladi, to'p raqib darvozasi ustuni yonginasidan o'tib ketdi.
26. G'ofurovning chap qanotdan uzatgan to'pini Sobirov qiyinchilik bilan qaytardi.
Sariq kartochka o'z kuchida qoldi. O'yin davom etadi.
VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Ehtimoliy chetlatish bo'yicha vaziyat ko'rib chiqilmoqda.
22. Ahmedov raqib hujumi chog'ida to'pga qo'l bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi.
20. Qahramonov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi, ammo uning pasini raqib himoyachilari qaytardi.
18. Jo'raboev raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo uning sherigi tomon uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.
17. Xoldorxonov Panshanbega nisbatan fol ishlatdi.
14. GOL! Lyupcho Doriev o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan to'pni "Navbahor" darvozasiga joylab qo'ydi!
14. Zarba! Ahadovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.
11. Komilovning burchak uzatmasi qaytarildi, qaytgan to'p "Navbahor" futbolchilarining kuchsiz zarbasi bilan yakunlandi.
7.Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatilgan to'pga Mavlonqulov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo aniqlik etishmadi.
6. Ubaydullaevning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.
2. GOL! Xoldorxonov raqib jarima maydonida chap oyoqda kuchli zarba yo'llab, to'pni "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi!
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "So'g'diyona" qora-oq, "Navbahor" ko'k rangli libosda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Олға Лушан !!!
Олға Навбахор !!!