So’nggi yangiliklar

13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  0 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  5 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  10 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   23 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  21 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25

Pedru Moreyra: "Bizning o'yin uslubimizni yaxshiroq tushunadigan futbolchilarga ko'proq imkoniyat beramiz" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Bizning o'yin uslubimizni yaxshiroq tushunadigan futbolchilarga ko'proq imkoniyat beramiz"

Superliga 2-turidan o'rin olgan OKMK - "Paxtakor" (2:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Superligadagi dastlabki o'yinimizni o'tkazdik. So'nggi ikki hafta davomida ko'p o'yinlarda ishtirok etdik, shu sababli, bugun charchoq alomatlari sezildi. Biz to'p bilan ko'p muomala qildik, ammo natijaga erishishga qiynaldik. Jamoam imkon qadar harakat qildi, ko'plab zarbalar berdi. Gol urishga rosa harakat qildik. Bunday o'yinlarni ko'rib chiqib, keyingi bahslarda bunday qarshi hujumlarni o'tkazib yubormaslikka harakat qilamiz. Raqib jamoasi bugun chiroyli o'yin ko'rsatdi. Oldimizda kichik tanaffus bor. Ushbu pauzada imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz" - dedi portugaliyalik mutaxassis bugungi bahs haqida.

- Futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi dedingiz. Ushbu muammoni hal etish uchun rotaciya qo'l urish kerak emasmidi? Masalan, "Paxtakor"ning asosiy futbolchilari FIFA kunlarida ham dam olishmaydi, ular terma jamoa yig'iniga yo'l olishadi...

- Men imkon qadar harakat qildim. To'g'ri, bizning maqsadimiz bunday emas edi. Bizning o'yin uslubimizni yaxshiroq tushunadigan futbolchilarga ko'proq imkoniyat beramiz. Bugun maydonga tushgan barcha futbolchi, maydondagi o'z vazifasini bilar edi. Masalan, terma jamoaga chaqiriladigan futbolchilarimiz ham bor. Biz bundan ham kelib chiqib qaror qabul qilyapmiz. Masalan, bir futbolchiga imkon berib, uni darhol zaxiraga olsam, yaxshi bo'lmaydi. Oxirigacha imkoniyat berib ko'rish kerak.

Biz o'yin davomida ham o'z sxemamizni o'zgartirishga harakat qildik. Ayrim futbolchilar bilan bo'sh zonalarni yopishga intildik. Raqibning so'nggi chizig'iga ko'proq bosim o'tkazdik. Biz o'z yo'limizda davom etamiz. Yanada sifatliroq o'yin namoyish etish bizning maqsadimiz.

- "Paxtakor" OCHLdagi kuchli raqiblarga qarshi ham ko'plab vaziyatlarga ega bo'lgandi va raqib darvozasini ishg'ol eta olgan edi. Bugun jamoangiz OKMKning tartibli himoyasini yorib o'ta olmadi. Deyarli xavfli hujumlar ko'rmadik. Golli vaziyatlar ham bo'lmadi. Hujumdagi bunday sust o'yinga nima sabab bo'ldi?

- Birinchi golni o'z xatomiz tufayli o'tkazib yubordik. Biz faqat o'zimizning o'yinimiz emas, boshqa jamoalarni ham o'rganishimiz kerak. Futbol uchrashuvida ikki jamoa ishtirok etadi. Faqat "Paxtakor"ning o'yiniga qarab butun o'yinga baho berish noto'g'ri. Bizning asosiy maqsadimiz, tartibli o'yin namoyish etish va kerakli vaziyatda gol urish edi. Bugungi o'tkazib yuborgan gollarimiz bizni qiyin ahvolga solib qo'ydi.

- Iroqlik Bashar Resan bugun qaydnomadan joy olmadi. Resan avvalgi uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirayotgan edi. Resan nega qaydnomaga kiritilmadi? Futbolchida jarohat bormidi?

- Bashar kecha o'zini yomon his qildi. Bugun uning holati yanada yomonlashdi. Shu sababli uning o'rnini boshqa futbolchi bilan to'ldirishga harakat qildim.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика