So’nggi yangiliklar

23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9

Ivan Boshkovich: "O'z muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lish alamli, men ko'prog'ini kutgandim" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "O'z muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lish alamli, men ko'prog'ini kutgandim"

Superliga 2-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Navbahor" (2:3) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— O'yin qiziqarli o'tdi. Afsuski, biz g'alabaga erisha olmadik, hatto durang ham qayd eta olmadik. O'z muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lishimiz alamli, biz ko'prog'ini kutgandik. O'yin boshida harakatlarimiz o'xshamadi, ammo so'ngra birinchi taymning oxirigacha o'yinni qo'lga oldik. Hisob teng bo'lib turganda hattoki bizda oldinga chiqib olishga imkon bo'lgandi, ammo aksincha, o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. O'yinda g'alabani kutgandim. Ammo, butun o'yin davomida konsentraciyani yo'qotmaslik kerak edi. Hali barchasi o'z qo'limizda.



— Bugun "So'g'diyona" hal qiluvchi pallada yaxshi ko'rinmadi. Buning sabab nimada deb o'ylaysiz?

— Fikringizga qo'shilaman. Ammo, ikkita to'p kiritdik. Vaziyatlarni golga aylantirish bo'yicha ishlaymiz. Doriev bugun ikkita to'p kiritdi, boshqalar ham gollarda ishtirok etishi kerak.

— Bugun darvozabonning o'yinini qanday baholaysiz?

— Hech qachon nolimayman. O'tgan turda "Nasaf"ga qarshi o'yinda jarohatdan tiklanganlar maydonga chiqdi, ammo ular tayyor emasdi. Doriev, Andreev, Jorjevich... Mitrovich esa kasal edi. Savolingizga kelsak, jamoa yutadi, jamoa mag'lub bo'ladi.

— Menimcha, bugungi o'yinni zaxiralar hal qildi. "Navbahor" safida zaxiradan tushgan o'yinchilar bahs taqdirini hal qildi, ammo "So'g'diyona"da bunday holatni kuzatmadik.

— Ha, statistikaga qarasak, raqibning zaxiradan tushgan o'yinchisi gol urgandik. Ammo, hozirda barchaning ham jismoniy holati bir xil emas. Bizda asosiy o'yinchilar bilan bog'liq muammolar bor edi. Masalan, Doriev o'yin so'nggicha tempga turib bera olmadi. Bu mavsum boshlanishi, bu ustida ishlaymiz.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика