MYU Obameyang uchun katta maosh to'lashga tayyor
22 mar 2020 15:45
Yangiliklar


MYU Obameyang uchun katta maosh to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang uchun katta maosh to'lashga tayyor.
"Metro" xabariga ko'ra, mankunianliklar hujumchi uchun yaxshi maosh va "Arsenal"ga 55 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Uning xizmatlariga "Barselona", "Real" va "Inter" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Ushbu mavsumda 30 yoshli Obameyang "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 32 o'yinda 20 gol urdi. Uning shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar