MYU maoshini pasaytirishni muhokama qilish uchun Varan bilan bitimni uzaytirish bandini faollashtirmaydi
31 dek 2023 20:31
Yangiliklar
MYU maoshini pasaytirishni muhokama qilish uchun Varan bilan bitimni uzaytirish bandini faollashtirmaydi
Oldinroq, himoyachining shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangani va bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati borligi malum bo'lgan edi.
Mankunianlar bandni faollashtirmaslikka qaror qilishgan, ammo hali ham o'yinchini saqlab qolishga qiziqish bildirishmoqda. SHu sabab yanvarda "Manchester Yunayted" francuz bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Klub Varanning hozirda olayotgan haftasiga 340 000 funt maoshi doimiy jarohatlarini hisobga olganda juda yuqori deb hisoblamoqda. MYU Rafaelning maoshini pasaytirmoqchi, bandni faollashtirish esa uni oldingi miqdorda saqlab qolardi.
SHu sabab Varan 2024 yilning yanvarida boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin.
Rafael joriy mavsum APLda 11ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar