MYU Lingard bepulga ketmasligi uchun u bilan shartnomani uzaytirish bandini faollashtiradi

Alisher
24 dek 2020, 16:28
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Jessi Lingard bilan shartnomani uzaytirish bandini faollashtiradi.

Manchesterliklar 28 yoshli o'yinchining tekinga jamoadan ketmasligi uchun u bilan bitimni uzaytirishadi.

Angliyalik futbolchining shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan, ammo MYU bitim shartlariga ko'ra u bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish huquqiga ega.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum APLda hali maydonga tushmagan o'yinchini "Real Sosedad" va "Sheffild Yunayted" klublari ijaraga olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail