MYU Jeymsni sotib yuboradi. Ertaga futbolchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
31 avg 2021 00:57
Yangiliklar
MYU Jeymsni sotib yuboradi. Ertaga futbolchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
Yarim himoyachi Daniel Jeyms "Manchester Yunayted"dan ketishga yaqin.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, futbolchi kutilganidek "Lids"ga ijara berilmaydi, to'liqligicha sotib yuboriladi. Transfer summasi 28 million evro (24 million funt)ni tashkil qiladi. SHuningdek, yana bir qancha mablag' bonus sifatida vada qilinadi.
Xavbek "Lids" bilan shartnoma borasida kelishib olgan. U ertaga yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O'tgan mavsumda Jeyms APLning 15 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi.
Fikrlar