MYU hujumchisi jarohat oldi

23 sen 2019, 07:25
Kecha APLning 6-turida “Manchester Yunayted” safarda “Vest Xem” mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda mankunianlar hujumchisi Markus Reshford o'zini zaxiraga olishlarini so'radi. Natijada Sulsher 61-daqiqada uning o'rniga Jessi Lingardni maydonga tushirdi.

Takidlanishicha, Reshford sonini jarohatlab olgan. Futbolchi 23 sentyabr kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Markus joriy mavsum klub safida musobaqaning barcha 6 ta o'yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Sky Sports