MYU himoyachisi jarrohlik stoliga yotishi mumkin
26 dek 2020 21:20
Yangiliklar


MYU himoyachisi jarrohlik stoliga yotishi mumkin
APL 15-turidan o'rin olgan “Lester” – MYU (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ole Gunnar Sulsher Viktor Lindelof haqida gapirdi.
“Lindelofning belida muammolar bor. U ko'p vaqtdan beri bu bilan kurashmoqda va shu tufayli nimadir qilishimiz zarur. Keling, nima bo'lishini kuzatamiz”, deydi murabbiy.
Viktor Lindelof joriy mavsum barcha musobaqalarda 19 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar