MYU futbolchisining agenti "Inter" bilan muzokaralar o'tkazmoqda
08 may 2019 22:27
Yangiliklar


MYU futbolchisining agenti "Inter" bilan muzokaralar o'tkazmoqda
"Manchester Yunayted" vingeri Aleksis Sanches faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchining agenti Fernando Felichevich ayni damda Milanda va u "Inter" bilan muzokaralar o'tkazgan.
Aleksis 2018 yilning qishida MYUga o'tgandi. Hozircha u jamoasi tarkibida ketishi aniq bo'lgan birinchi raqamli futbolchi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar