MYU Dembele uchun 50 million evro taklif etmoqchi
20 jan 2020 23:57
Yangiliklar
MYU Dembele uchun 50 million evro taklif etmoqchi
“Lion” hujumchisi Musa Dembele “Manchester Yunayted” qiziqishlari doirasida, deya xabar bermoqda Foot Mercato.
Ingliz klubi 23 yoshli futbolchini Franciya kubogi doirasida “Nant”ga (4:3) qarshi uchrashuvda kuzatdi. Ushbu bahsda Dembele raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi.
MYU futbolchi uchun 50 million evro va yana qo'shimcha bonuslar taklif qilmoqchi.
Manchesterliklarning hujumchisiga qiziqishiga sabab sifatida Markus Reshfordning jarohat olganligi ko'rsatilmoqda.
Fikrlar