

27 yoshli o'yinchini Italiyada "Milan", "Roma", "Inter", "Napoli" va "Fiorentina" klublari kuzatmoqda.
Italiyalikka hali hanuz "Atletiko" qiziqishni saqlab turibdi, Belotti uchun kurashga shuningdek "Lion" qo'shilgan.
Bundan tashqari, forvardning ishtirokini APLdan "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" kuzatmoqda.
Belotti "Torino"da 2015 yildan beri o'ynaydi va u klub tarixidagi eng yaxshi 10ta to'purardan biridir. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasdiagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi.



