MYU Brununing xodimlar xarajatlarini to'lash taklifini rad etgani malum bo'ldi
25 dek 19:35
Yangiliklar
MYU Brununing xodimlar xarajatlarini to'lash taklifini rad etgani malum bo'ldi
"Manchester Yunayted" rahbariyati o'tgan mavsum Angliya Kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan (2:1) o'z xodimlari uchun bepul sayohat, ovqatlanish va turar joy kabi ananaviy imtiyozlarni bekor qilgandi.
Xodimlar "Uembli" stadionigacha bo'lgan avtobus yo'lkirasini o'zlari to'lashi kerak bo'lgan, klub o'yin chiptasidan boshqa hech qanday qo'shimcha xizmatlar ko'rsatmagan.
Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh klub rahbariyatining bayonotidan shu qadar "hayratda" qolganki, u klubga xodimlar bilan bog'liq barcha qo'shimcha xarajatlarni o'z zimmasiga olish taklifi bilan murojaat qilgan. Biroq uning taklifi rad etilgan.
Fikrlar