MYU 70 mln. evrolik transferni tez orada ijobiy yakunlashi mumkin
29 iyu 2023 20:28
Yangiliklar
MYU 70 mln. evrolik transferni tez orada ijobiy yakunlashi mumkin
"Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylund "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.
Malumotlarga ko'ra, klub vakillarining jumadagi uchrashuvidan so'ng 20 yoshli futbolchining inglizlar safiga o'tishi deyarli aniq bo'ldi. So'nggi hujjatlarni rasmiylashtirish ustida ishlashmoqda.
"Atalanta" daniyalik transferidan 70 mln. evro ishlab oladi.
Kelishuv kelasi hafta boshida yakuniga etishi mumkin.
Xoylund o'tgan mavsum A Seriyaning 32ta uchrashuvida 9ta gol urgan edi.
Fikrlar