Myanma futbol federaciyasi jarimaga tortildi
20 okt 2014 16:30
Yangiliklar

Myanma futbol federaciyasi jarimaga tortildi
OFK tartib-intizom qo'mitasi Myanma futbol federaciyasiga nisbatan moliyaviy jazo qo'lladi.
Bunga sabab shuki, yaxshi bilasiz, hozir Myanmada yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilmoqda. Musobaqaning chorak finalidan o'rin olgan Myanma - BAA bahsida mezbon jamoa muxlislari o'zlarini xulqiy jihatdan yomon tutishgani bois ushbu mamlakat futbol federaciyasiga 24 ming AQSH dollari midorida jarima solindi. Myanma yoshlar terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqanidan xursandchiligini yashira olmagan muxlislar maydonga tushib ketishgan.
Bundan tashqari, OFK tomonidan Myanma oldiga qatiy talab qo'yildi, yani bu terma jamoa musobaqadagi keyingi o'yinini tomoshabinlarsiz o'tkazadi. Agar Myanma yarim finalda Qatarni mag'lub etib, finalga chiqadigan bo'lsa, final bellashuvi ham muxlislarsiz o'tadi.

Fikrlar