Mxitaryan "Roma" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytiradi
24 may 2021 23:15
Yangiliklar
Mxitaryan "Roma" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytiradi
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Roma" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
"SportItalia" jurnalisti Alfredo Pedullaning yozishicha, tomonlarning shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Unga ko'ra, futbolchi Rim klubi bilan shartnomasini 2 (1+1 ko'rinishida) yilga uzaytiradi.
Armanistonlik futbolchi ushbu mavsum A Seriyaning 34 o'yinida 13 gol va 10 assist qayd etdi.
Fikrlar