Mxitaryan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay oladimi?
28 apr 2018 14:55
Yangiliklar


Mxitaryan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay oladimi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning holati va "Manchester Yunayted"ga qarshi APL o'yinida maydonga tushishi haqida gapirdi.
Armanistonlik futbolchi CSKAga qarshi Evropa ligasi 1/4 final ilk o'yinida (4:1) jarohat olgan edi va o'shandan beri hozirgacha maydonga tushgani yo'q.
"Bizda yangi muammolar yo'q. Mxitaryan o'yinga tayyor. El-Neni jarohatlangan, xuddi Kasorla kabi. Qolganlar bilan hammasi joyida" - deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar