So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Muzaffar Muzaffarov - tarixiy g'alaba, ruhiy "chuqurlikdan chiqish" va ikkinchi davrani qaerda o'tkazishi haqida Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov - tarixiy g'alaba, ruhiy "chuqurlikdan chiqish" va ikkinchi davrani qaerda o'tkazishi haqida

Yaypanning "Turon" jamoasi Superliganing 12-turiga kelib mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi.

Bekobodning "Metallurg" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda maydon egalari Muzaffar Muzaffarov va Kim Bo Yongning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Biz esa mazkur uchrashuvdan so'ng o'yindagi birinchi gol muallifi Muzaffar Muzaffarovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Turon"ni mavsumdagi ilk g'alabasi bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuv avvalgilaridan farqli ravishda natija o'xshagani bilan ahamiyatli bo'ldi, deya olamizmi? Umuman bahs qanday taassurot qoldirdi?
- Bugungi g'alabamizni muxlislarga bag'ishlaymiz. Ko'p uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchrab ularni ranjitib qo'ygandik. Ishqibozlar shunday holatda ham bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. "Metallurg" bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Jamoadagi hamma g'alaba yo'lida mehnat qilyapti. Menimcha bugun biz g'alabaga loyiq edik.

- Endilikda jamoaning g'alabali seriyasini ko'rishimiz mumkinmi? Bunday pallada bitta g'alaba ko'p narsani o'zgartirib yuboradi...
- Bizga bitta g'alaba kerak edi. Xudo xohlasa bundan buyon g'alabalar qozonishni boshlaymiz. 

- Ushbu g'alaba jamoani ruhiy "chuqurlik"dan olib chiqdi, desak to'g'ri bo'ladimi?
- To'g'ri. Muvaffaqiyatsizliklar sabab ruhiy "chuqurlik"ka tushib qolgandik. Endilikda hammasi yaxshi bo'lishiga ishonchim komil.

- Ikkinchi davrada ham sizni "Turon" jamoasi libosida ko'ramizmi? Bo'lajak rejalaringiz qanday?
- Amalda bir yil shartnomam bor. Lekin hozir aniq javob bera olmayman. CHunki oldimda takliflar bor. Balki Toshkent klubiga o'tarman. "Turon" uchun bor kuchim bilan to'p tepishga harakat qilmoqdaman. Bu jamoada eng yoqadigan tomoni rahbarlari. Boisi bizni doim qo'llab-quvvatlashyapti. SHunchalik sharoitlar yaratib berishayotgani uchun katta rahmat aytib qolaman.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика