So’nggi yangiliklar

22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  0 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  6 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   85 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  1 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  69 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  2 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  7 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  1 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   72 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  23 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1

Muzaffar Abdullaev: “Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz” Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz”

Superliga 23-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Muzaffar Abdullaev fikrlariga quloq tutdik.

Aytish kerakki, qo'qonliklar nihoyat 23-turda g'alaba qozonib, bir pog'ona tepaga yuqorilashga erishdi. 

- “So'g'diyona” bilan o'yindan keyingi taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz....

- Biz har bir uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Jumladan, “So'g'diyona”ga qarshi ham astoydil tayyorlandik. CHunki raqib kuchli va oxirgi turlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin yanada kuchliroq to'p tepishini bilardik. Bu o'yinga omadimiz keldi. Avvalgi bahslarimiz hisobda oldinda bo'lsakda, oxirida mag'lub bo'ldik. Ayrim holatlarda durang o'ynab kelayotgandik. “So'g'diyona” bilan bahsda esa omad biz tomonda bo'ldi va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. 


- Cizningcha, g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi?

- O'zimizga bo'lgan ishonch yuqorligi g'alabamizga sabab bo'ldi. O'yin yakuniga qadar yigitlar oxirigacha kurashdik. Ahilligimiz samarasi bilan muvaffaqiyat qozondik. 


- Jamoaning joriy mavsumdagi omadsizliklariga nima sabab bo'ldi?

- CHindan ham “Qo'qon-1912” uchun mavsum omadsiz keldi. Oxirgi 4-5 yil davomida jamoa bunchalik qiyinchilikka duch kelmagan. Yuqori o'rinlar uchun kurashib kelgandik. To'g'risi, joriy mavsum ko'p bahslarda omadimiz kelmadi. Keragidan ortiq ochkolarni qo'ldan chiqardik. Bu esa turnir jadvalida pasayish ketishimizga sabab bo'ldi. 


- Jamoa xavfli zonada joy egallagan. Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz. Oldinda turgan bahslarimizda muvaffaqiyat qozonishga intilamiz. Jamoamiz muxlislarini quvontirish uchun ham taslim bo'lmaymiz. Ishonamanki, biz vazifani bajara olamiz. 


- Yakuniga etayotgan mavsum siz uchun qanday kechmoqda?

- Avvalgi mavsumlarda o'z darvozamizdan kam to'p olib chiqardik. Bu yil esa aksincha bo'lmoqda. Ko'p to'p olib chiqmoqdamiz. Albatta, bu darvozabonlar uchun yaxshi holat emas. SHaxsan men ham ko'p o'yinlarimdan qoniqish hosil qilmadim. Aytaylik, 70-80 foizga ko'nglim to'ldi xolos.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика