Muxlislar o'yin vaqtida Pyanichni lo'li deb atashdi
25 sen 2019 17:45
Yangiliklar


Muxlislar o'yin vaqtida Pyanichni lo'li deb atashdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich Italiya chempionati 5-turi doirasidagi "Breshiya" (2:1)ga qarshi o'yinda haqoratlandi.
Bosniyalik futbolchi bu o'yindagi g'alaba golini urishga muvaffaq bo'ldi.
"Breshiya" ishqibozlari esa o'yin payti Pyanichga "lo'li" deb baqirishdi.
Qayd etish kerakki, bu A Seriyaning joriy mavsumida yuz berayotgan to'rtinchi holatdir.
Oldinroq, irqchilik haqoratlariga Romelu Lukaku, Frank Kessi va Dalbertlar uchragandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar