So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Muxlislar “Neftchi”ni tabriklashdi Yangiliklar

Muxlislar “Neftchi”ni tabriklashdi

Teglar :  NeftchiSuperliga
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 2018 yilgi Superliga bahslarida ishtirok etishi malum bo'ldi.

Darhaqiqat, bu xabar "Neftchi" va uning sodiq muxlislariga cheksiz quvonch bag'shida etdi.  25 yanvar kuni ertalabdan farg'onalik muxlislar “Neftchi” jamoasi futbolchilarini tabriklash uchun “Neftchi” SK stadioniga etib kelishdi. Jamoa azolari mashg'ulotlar maydonida ko'rinish berishlari bilan haqiqiy bayram boshlandi.

 
Ishqibozlar do'mbira va karnay-surnay sadolari ostida ularni qarshi olishdi hamda mashg'ulotlarni to'liq kuzatib borishdi. Jarayon yakunlangach, muxlislar futbolchilarni bu quvonchli voqea bilan tabriklashdi. Fursatdan foydalangan holda, muxlislarni suhbatga tortdik. Jamoaning ashaddiy muxlislaridan biri Saydullo Qirg'izboev quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi.

– Birinchi o'rinda, barcha “Neftchi” muxlislarini Super ligada ishtirok etishimiz bilan tabriklaymiz. Kecha oqshom bu xabarni matbuotda o'qib juda ham xursand bo'ldik. Ilk xayolimga kelgan fikr muxlislar bilan birlashib, “Neftchi” qarorgohiga borish hamda jamoa futbolchilarini tabriklashni reja qildik. Qiyin davrlarni boshdan o'tkazgan futbolchilarga ruhiy dalda bo'lish istagida mashg'ulotlarga tashrif buyurdik. Muxlislar nomidan Farg'ona viloyati hokimi SHuhrat G'aniev hamda O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonovga katta rahmat aytamiz. Aynan ushbu rahbarlarimiz jamoamizni qo'llab-quvvatlashdi. Yangi mavsumdan umidimiz katta hisoblanadi. Futbolchilarga shuni aytmoqchimanki, o'tgan yilgi natijalarni unutgan holda, faqat olg'a borishsin.

Biz xar doim “Neftchi” bilan birgamiz! Qiyin kunlarda ham g'alabalarga boy damlarda ham ularni yonida bo'lamiz,  – dedi Saydullo Qirg'izboev.

Qudratillo Mahmudov – “Neftchi” shonli tarixga ega jamoa ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ochig'i, Farg'ona ahli “Neftchi”ning taqdiridan juda havotirda edi. Nihoyat, biz kutgan kunlar etib keldi. Hozir xursandchiligimni so'z bilan ifodalay olmayman. Muxlislar klubi bilan birgalikda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlarini bugundan boshlab yubordik. Yangi mavsumda “Istiqlol”dagi o'yinlarda “Neftchi”ning haqiqiy 12-o'yinchisiga aylanamiz va muvaffaqiyatlarda ularga hamrox bo'lmoqchimiz.

Abdulaziz Abduvohidov – Ertalabdan “Neftchi” mashg'ulotlariga keldik. Haqiqat ham futbolchilar bizning tashrifimizdan boshlari osmonga etdi. Jamoa mashg'ulotlarini bayramga aylantirdik. Bu albatta ularning kayfiyatini ko'tardi. To'g'ri hozir mavsum boshlanishiga oz qoldi. Lekin “Neftchi” murabbiylari tez fursat ichida jamoani etarli darajada kuchaytirib oladilar degan fikrdamiz. CHunki murabbiylar bilan suhbatda bo'lganimizda qisqa vaqt ichida tarkibni kuchaytirish borasida muammo bo'lmasligini aytib bizni yana mamnun etishdi,- dedi “Neftchi” muxlisi Abdulaziz Abduvohidov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика