So’nggi yangiliklar

14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   2 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  13 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8

Muxlisdan savol. Rustam Ashurmatov: “O'zbek futbolchilarining reklamasini ko'paytirish kerak” Yangiliklar

Muxlisdan savol. Rustam Ashurmatov: “O'zbek futbolchilarining reklamasini ko'paytirish kerak”

Bir necha yillar davomida “Bunyodkor” tarkibida o'ynagan himoyachi Rustam Ashurmatov qishda legionerga aylandi.

Futbolchi Janubiy Koreyaning birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Gvangju” klubi bilan shartnoma tuzdi. O'tgan haftada Ashurmatov yangi klubi safidagi dastlabki golini urishga erishdi. Biz muxlislardan kelgan savollar bilan himoyachiga murojaat qildik.

- Rustam Ashurmatov futbolchi bo'lmaganida qaysi kasbni tanlagan bo'lardi?

- Yoshligimdan, yani 1-sinfdan futbolga qatnashganim uchun boshqa soha haqida o'ylamaganman. Balki umuman sport sohasida bo'lmasdim. Lekin bobom futbol bilan birga boksni ham yaxshi ko'rardilar. Futbolga bormaganimda balki boksyor bo'lardim. Sababi futbolchi bo'lishimga ham aynan bobom sababchilar.

- Nega doim birinchi murabbiyingiz kim degan savolga Ibrohim Mamadiev deb javob berasiz. Sizning birinchi murabbiyingiz Vohid aka ediku.

- Men hech qachon birinchi murabbiy haqidagi savolga bir kishini aytib o'tmaganman. Bu savol bilan murojaat qilishsa doim Ibrohim aka, Voxid aka hamda Ikrom akalarni ko'rsatganman. Hech qachon birinchi murabbiylarimni unutmayman. Sababi ular menga futbolga mehr qo'yshni o'rgatishgan.

- Rustam Ashurmatovning futbolchi bo'lishida Baxtiyor Ashurmatovning xissasi qanchalik katta?

- Tog'am futbolchi bo'lganlari uchun men ham shu sohani tanlaganman. SHu qatori ularga o'xshab himoyachi bo'lishni xohlaganman. Ular men uchun nafaqat tog'a balki ota, murabbiy kerak bo'lsa eng katta tanqidchim hisoblanadilar. SHuning uchun ularning futbolchi bo'limda xissasi beqiyos.



- "O'zbek futbolidagi Ashurmatov" haqida gapirilganda Baxtiyor Ashurmatov soyasida qolib ketishdan cho'chimaysizmi?

- Yo'q aslo. Bu narsaga doim faxr bilan qaraganman shunday inson tog'am bo'lganidan doim faxrlanaman va shu qatori tog'amga o'xshab oilamiz shanini, familiyamizni munosib himoya qilishga harakat qilaman.

- Terma jamoaga chaqirilmayapsiz. Buning sababini bilasizmi?

- Terma chaqirilmayotganim sababini balki terma jamoa murabbiyidan so'ralsa to'g'riroq bo'lardi. Bir nechta sabablar bo'lishi mumkin. Lekin men bosh murabbiy etiboriga tushishga va terma jamoaga munosib bo'lishga bor kuchim bilan harakat qilaman.

- Janubiy Koreya birinchi ligasi siz uchun pasayish emasmi? Mavsum boshida "Paxtakor"ga o'tishingiz deyarli aniq edi. To'g'ri legioner bo'lmoqchidirsiz. Lekin "Paxtakor" safida OCHLda o'ynab undan ham kuchliroq chempionatga o'tsangiz bo'lardiku.

- Janubiy Koreya K2 ligasiga o'tishimni pasayish deb hisoblamagan bo'lardim. Sababi bu erda har bir jamoada kuchli legionerlar, kuchli hujumchilar bor va shularga qarshi o'ynash mahoratimni, tajribamni oshiradi deb o'yliayman. Bu erdan ham yanayam kuchli jamolaga o'tish osonroq bo'ladi, chunki bu erda futbolga bo'lgan etibor talab va reklama judayam kuchli. To'g'ri “Paxtakor”ga o'tganimda ham yaxshi bo'lishiga ishonaman, lekin shaxsan o'zim Janubiy Koreya ligasida o'ynashga qaror qildim.

- Hozirgi kunda O'zbekistondagi eng kuchli himoyachi kim?

- Anzur Ismoilov. Ular ko'p narsa o'rganishimiz kerak deb o'ylayman. Nafaqat men balki O'zbekistondagi ko'plab futbolchilar hozirda Anzur akani eng kuchli himoyachi deb bilsa kerak.

- Jahon futbolida kumiringiz kim?

- Jahon futbolida juda ham ko'p futbolchilarning o'yinini yoqtirib kuzataman. Har biridan o'zimga kerakli bo'lgan narsalarni olishga harakat qilaman. Lekin faqat bittasini tanlash kerak bo'lsa Serxio Ramos deb javob beraman.

- Qaysi klubga muxlislik qilasiz: "Real" yoki "Barselona"?

- “Real Madrid” jamoasiga ko'p yilladan beri muxlislik qilaman. Bilmadim nima sabab bo'lgan, lekin shu jamoani iloji boricha o'yinlarini ko'rib borishga harakat qilaman.



- O'tgan yil Osiyo o'yinlarida Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda sizga kuchli ishtiyoq xalal berganmi yoki charchab qolganmidingiz?

- Siz aytgan ikkala jihat qilgan xatoimga aloqasi yo'q. Bunday holatlar har bir futbolchida kerak bo'lsa jahon yulduzlarida ham kuzatiladi. Faqat o'sha bo'lgan xatolardan munosib saboq olish va iloji boricha shunday xatolarni qilmaslik.

- Bilaman Angliya premer-ligasini kuzatasiz. Yurgen Kloppmi yoki Xosep Gvardiolami?

- Ha, APLni kuzataman. Lekin ikkisini ajratmagan bo'lardim sababi ikki xil uslubli murabbiylar va ikkisi ham tahsinga sazovor mutaxassislar hisoblanadi.

- Eng esda qolarli g'alabangiz va alamli mag'lubiyatingiz deb qaysi o'yinlarni ayta olasiz?

- Esda qolarli g'alabamiz juda ham ko'p bo'lgan. Bulardan eng yaxshisi Osiyo chempionatida finaldagi g'alabamiz va eng alamli mag'lubiyat Osiyo o'yinlaridagi Janubiy Koreyaga qarshi o'yin.




- Eng yaqin do'stingizni to'yi bo'layotgan kuni muhim o'yiningiz bo'lsa Koreyadan ruxsat so'rab kela olasizmi?

- Bu savolga javob berish uchun uzoqqa borish shart emas. Sababi yaqinda eng yaqin do'stimni to'yi bo'lishini eshitdim va uni to'yida bo'lolmas ekanman. CHunki o'yinimiz bor. SHuning uchun bu o'zimiz tanlagan soha, bundan qochib qutula olmaymiz va do'stim futbolchi meni to'g'ri tushunadi degan umiddaman.

- Evropa chempionlar ligasida to'rtta klub qoldi. Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Afsuski men muxlislik qiladigan jamoalar turnirni tark etdi. Endi qolgan jamoalardan “Liverpul”ga muxlislik qilaman.

- Hozirgi kunga qadar faoliyatingizdagi eng muhim urgan golingiz qaysi?

- Hayotimda urgan gollarimdan eng muhimi albatta finalda urilgan gol. Lekin xudo xohlasa bu hayotimdagi eng muhimi bo'lib qolmaydi, bundan muhim o'yinlarda muhim gollarni urishga harakat qilaman.

- "Gvangju" klubi mashina, uy bilan taminladimi? Oyligingiz qancha sir bo'lmasa?

- Ha, albatta klub mashina hamda uy bergan. Barcha sharoitlar yaxshi. Oyligim masalasiga kelsak “Bunyodkor”da olgan oyligimdan ancha yahshiroq. Lekin bu bilan Koreyaga pul uchun keldim degani emas.

- Kichik vataningiz o'zbek futboli hamda zamonamiz istedodlari beshigi bo'lgani holda, sizningcha, Qo'qon futboli nima uchun yuksak marralar uchun raqobat qila olmayapti?

- Birgina so'z bilan aytganda professionallik kamlik qilayotgandi. Futbolga bo'lgan munosabat kamdek nazarimda, bu bilan jamoadigilarni yoki muxlislani nazarda tutmoqchi emasman. Bu ancha yillardan beri kuzatib kelinayotgan narsa deb bilaman. Lekin umid qilib qolaman albatta “Qo'qon-1912” jamoasi ham yuksak marralarni zabt etadi.

- To'g'ri Koreyaga borganingizga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHunga qaramay ushbu mamlakat va uning xalqi sizni ajablantirgan yoki o'ziga maftun etgan hislatlar bormi?

- Korealiklarda g'araz ko'rolmaslik, hislatlarini hali sezmadim. To'g'risini aytsam odamlari xushmuomala. Mana shu hislatlari meni judayam quvontirdi. Rostini aytsam bundayligini bilmagandim, biz kabi qo'lidan kelganicha yordam berishga tayyor insonlar.

- Holis inson va futbolchi sifatida aytingchi biz Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun Koreya futbolidan nimalar o'rganishimiz kerak? Ikki davlat futbolchilarining fikrlar darajasi qanday? Siz o'zingiz uchun nimani kashf qila oldingiz?

- Birinchi o'rinda reklamani yo'lga qo'yishimiz kerak deb o'ylaman. Futbolimizni va futbolchilarimizni nafaqat O'zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham
kuzatish imkoniga ega bo'lishsin. SHunda futbolimiz o'sadi futbolchilarimizga xaridorlar ko'payadi. Bu degani biz Osiyo, Evropa klublariga o'tishimiz osonlashadi va bu bilan terma jamoamiz kuchayadi. Janubiy Koreada bu narsa juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. SHuning hisobiga koreyalik futbolchilarning ko'pi Evropa klublarida o'ynashadi. Fikrlashga keladigan bo'lsak, bizning futbolchilar kuchli bo'lsa borki, lekin koreysladan kuchsiz emas. Korea ligalarida legionerlar juda ham ko'p, shu bilan birga ularning barchasi yaxshi saviyadagi legionerlar, shuning hisobiga ham ichki chempionatini kuchli deb bilaman.



- Nega Baxtiyor Ashurmatov murabbiylar qilgan klublarda o'ynamagansiz? Yoki ularning qo'l ostida o'ynash yoqmaydimi?

- Tog'am bilan Xudo xohlasa birga ishlash nasib qilar, lekin hozircha yo'llarimiz tutashmadi. Ammo tog'am boshqargan klubda o'ynashni juda ham xohlardim.

- "Bunyodkor" klubining asl muxlislariga qanday so'zlarni aytgan bo'lardingiz?

- “Bunyodkor” muxlislariga birinchidan judayam katta rahmat aytaman. Sababi qiyin kunlarimizda ham jamoani yolgizlatib qo'yishmadi. SHu bilan birga jamoani tark etsak ham bizni munosib kuzatib qo'yishdi. Ulardan judayam minattdorman. Endi bundan keyin ham klubni shu yo'sinda qo'llab turishlarini iltimos qilgan bo'lardim. Ko'p g'alabalar hali oldinda!

- Siz qaysi birini tanlagan bo'lardingiz: futbolchi sifatida Jahon chempionatiga borish yoki terma jamoamizni murabbiy bo'lib mundialga olib chiqish?

- Albatta futbolchi sifatida! Sababi shunda tezroq mundilga chiqqan bo'lardik. Murabbiylik hozircha ikkinchi masala. Oldin futbolchi sifatida muxlislarimizi xursand qilish niyatidaman. Muxlislar kabi biz futbolchilar ham mundialga borishni judayam, ich-ichimizdan xohlaymiz, shuni hech qachon unutmanglar.

- Baxtiyor Ashurmatovning jiyani ekanlingizni barcha biladi. Biroq intervyularda tog'am deb aytasiz. Qanday qilib tog'angiz bilan familiya bil xil bo'lishi mumkin?

- Ha, tog'amning familiyalaridaman. Sababi men ham, akam ham onamning familiyalariga o'tganmiz. Tog'am onamning ukalari bo'ladilar.


Narzulla Saydullaev



"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan" 

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi

"Muxlisdan savol". Jaloliddin Masharipov - Onasiga sovg'a qilgan Neksiya va nimadan juda qo'rqishi haqida        

"Muxlisdan savol". Ikrom Aliboev: “Futbol men uchun hamma narsa”         

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика