So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Mutolaa uchun. SHomurodov "Roma"ga Mourino sabab o'tgan. Drogba, Diego Kosta, Torres va Eldorni nima birlashtirib turadi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. SHomurodov "Roma"ga Mourino sabab o'tgan. Drogba, Diego Kosta, Torres va Eldorni nima birlashtirib turadi?

Iyul oyi boshida Evgeniy Savin o'z kanaliga Eldor SHomurodov bilan intervyuni yukladi.

Savin "Jenoa" hujumchisidan "Roma"ning yangi murabbiyi Joze Mourinoning short-ro'yxatiga tushganligi haqida so'ragandi.

"To'g'risi, bu haqida eshitmagandim, — tan olgandi Eldor. — Ammo kuchli klubga o'tishdan qo'rqmayman. Qo'limdan nimalar kelishini bilmoqchiman. Bunday imkoniyatdan albatta foydalangan bo'lardim".

O'sha video chiqqanidan bir oy o'tib, SHomurodov "Roma" futbolchisiga aylandi. Ettinchi avgust kuni rimliklar safidagi ilk golini urdi — "Betis"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida. Uchrashuv ispanlarning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi (videoda 1:29dan boshlab).




Bungacha Eldorning RPL yulduziga aylanishi, "Jenoa"ga o'tgani, uning Italiyadagi ilk mavsumi yakunlari haqida ko'plab malumotlar chop etildi. 

Endi esa SHomurodov nega aynan Rim jamoasiga o'tgani va nimalar hisobiga Joze Mourino qo'l ostida yangi darajaga chiqishi mumkinligi haqida so'z yuritamiz.


Eldor va "Jenoa" istaklari mos tushdi: SHomurodov top-klubga o'tishni, "Jenoa" futbolchini yaxshiroq narxga sotib, foyda ko'rishni istadi

Italiyaning mashhur insayderlaridan biri Janluka Di Marcio rossiyalik Nobel Arustamyanga "Jenoa" vaziyat taqozosi sabab SHomurodovni xarid qilgani haqida aytib bergandi.

Klub prezidenti Enriko Precozi jamoada Mario Balotellini ko'rishni istagan, ammo sport direktori Daniele Fadjano va bosh murabbiy Rolando Maran (ularning har ikkisi o'tgan mavsum davomida klubni tark etishdi) bunga qarshi edi. Maran boshqa hujumchi topishni so'ragan.

"Fadjano agent Gabriele Juffrido bilan (u o'z vaqtida "Jenoa"da to'p tepgan Kshishtof Pentek bilan ham ishlaydi) unga SHomurodovni ko'rsatishadi, — aytib beradi Di Marcio. — Maran rozi bo'ladi, sababi u Balotellini olib kelish payida bo'lgan prezidentni ortda qoldirishi kerak edi".

Biroq ushbu kelishuv Precozining roziligisiz amalga oshmasdi. "Prezident — o'ta aqlli tadbirkor, — deydi Di Marcio. — U SHomurodovni ko'rganida, darhol qaror qabul qilgan — "sotib olamiz!". Precozi bu futbolchini hozir 7-8 millionga sotib olib, bir-ikki yildan keyin 20-25 mlnga sotish mumkinligini yaxshi tushunardi".

"Agar Precoziga ko'p pul berishsa, u istalgan narsani sotib yuboradi — hatto o'z oyog'ini ham", — degan Janluka (hazil shekilli).

SHomurodov uchun Italiya ideal variant edi. RPLda u avval boshidan top-chempionatga "tayyorgarlik" ko'rgan. "Qatar va Xitoydan aniq takliflar bo'lgan, lekin u erda faqat pul ishlab olish mumkin, — degandi Eldor Arustamyanga bergan intervyusida. — Men esa futbolchi sifatida kuchayishni istayman, doim Evropaga ketishni istaganman. Sen Italiyada o'ynaysan va butun dunyo nigohidaligingni sezib turasan".

Debyut mavsumida SHomurodov 8ta gol urdi — "Jenoa"da faqat Mattia Destro (11) undan ko'p gol urgan, Janluka Skamakkada ham o'sha 8ta gol. "La Gazzetta dello Sport" nashri Eldorni mavsumning eng yaxshilari qatorida 85-o'ringa qo'ydi — Xandanovich, Brozovich, Eriksen, Kellini, SHensni va Mertensdan teparoqda.

"Italyancha futbol men o'ylagandan ham qiyinroq, ammo tanlovimdan xursandman. Faqatgina toplarga qarshi o'ynab, siz kuchayishingiz mumkin. "Jenoa"da menga barchasi yoqmoqda", — degan edi SHomurodov "Corriere dello Sport"ga mayda bergan intervyuda. Murabbiy Davide Ballardini yangi futbolchini maqtagandi ("U chiroyli va foydali harakat qiladi. Mashg'ulotlarda uning o'ziga xos xislatlari, qobiliyati borligini darhol sezganman. Ko'nikish uchun vaqt kerak, u butkul boshqa dunyo futbolidan kelgan, ammo ulkan salohiyatga ega"), Sport direktori Franchesko Marrokku esa shunday degan: "U klubimizning "g'aroyib topilmasi", kelajakda o'sadigan bola. Biz barchasidan mamnunmiz".

Qishdayoq "Yuventus" qiziqishlari haqida gaplar tarqalgan va SHomurodov tayyorligini malum qilgan: "U erda o'ynab ko'rish, o'zimga baho berish — men bundan yutqazmayman. Men raqobatdan qo'rqmayman, bu hatto menga ko'proq yoqadi". ProSports Management kompaniyasi prezidenti German Tkachenko asosiy maqsadini yashirmasdi — "Jenoa"dan yanada kuchliroq klubga o'tish oson bo'lgani uchun shu jamoani tanladik. "Ular futbolchilarni yaxshi sotishadi, oson sotishadi. Ayniqsa hujumchilarni. Biz transfer variantini tahlil qilganda inobatga olgan jihatlardan biri aynan shudir".

Precozi "Jenoa"ni 2003 yil sotib olgan. 18 yil ichida genuyaliklar chindan ko'plab hujum vakillarini foydali transfer qilgan. Eng ko'p foydani bir yarim yilda narxi deyarli sakkiz barobar o'sgan Kshishtof Piontek keltirgan — sportchini "Krakoviya"dan 4,5 millionga xarid qilishgan, "Milan"ga esa 35 mlnga sotishgan.

SHu yozda "Jenoa" "Visla"ning sobiq forvardi 18 yoshli Aleksander Buksa bilan shartnoma imzoladi. Davomi qanday bo'lishini taxmin qilish qiyin emas.


SHomurodovning "Roma"ga o'tishiga asosiy "aybdor" Mourino-mi?!

Eldorning qaysidir manoda omadi chopdi. Agar "Roma" boshqaruvini Joze Mourino qo'lga olmaganida, SHomurodovni ham Rimda ko'rmasmidik? Bu erda juda ko'p narsa to'g'ri kelib qolgani etiborga loyiq — portugaliyalik murabbiyga malum xarakteristikalarga ega hujumchi kerak edi (o'sha xislatlar qaysiligi haqida sal keyinroq batafsil to'xtalamiz), SHomurodov esa Joze qo'l ostida harakat qilishni orzu qilgan.

"Mourinoga bo'lgan mehrim sababi? Barchasi oddiy. U — birinchi raqam, etakchi, — degan edi Eldor "La Gazzetta dello Sport"ga 2021 yil yanvarida bergan intervyusida. —  Men "CHelsi" muxlisiman, sevimli futbolchilarimdan biri Dide Drogba — esa o'rnak bo'la oladigan futbolchi".

German Tkachenko Mourinoni yaxshi taniydi — Roman Abramovich orqali. Agent tadbirkorga "CHelsi"ni sotib olishda yordam bergan, Ernan Krespo, Adrian Mutu, Xuan-Sebastyan Veron, Samuel Eto’O transferlarida ham ishtirok etgan. SHuning uchun, Tkachenkoga avvaliga SHomurodovni uning kumiri bilan tanishtirib qo'yish, keyinroq hujumchi xizmatlarini portugaliyalikka taklif qilish muammo tug'dirmagan.

"German uchrashuv Mourino bilan ekanligini aytmagandi, — xotirlaydi SHomurodov Joze bilan 2019 yildagi uchrashuvni. —  Syurpriz borligini aytgandi. Biz shunchaki o'tirgandik va kutilmaganda Mourino kirib keldi. Avvaliga ishonmadim, keyin so'rashib, biroz gaplashib o'tirdik. U Osiyo Kubogini sharhlagandi-ku. Tkachenko unga men o'sha erda o'ynaganim, gollar urganimni aytdi. Mourino esa buni bilardi".

"Joze hali "Tottenxem"da o'ynab yurgan vaqtlarida menga qo'ng'iroq qildi, ularga bench-option (zaxira varianti) hujumchi kerakligini aytdi, — deydi Tkachenko Savinga. —  Va men unga Osiyo Kubogida ko'rgan yigit haqida gaplashganimizni, ular ko'rishganini eslatdim. Ular skautlarni yuborishdi, qandaydir harakatlar bor edi. Biroq o'shanda Eldor jiddiy jarohat sabab gol urolmayotgan davr edi. Unga etibor bor edi, bu xuddi do'stona suhbat bo'lgan. Biroq biz SHomurodov haqida gap ochsak, u haqida eslatib qo'ysak, o'zimizga yaxshi bo'ladi deb hisobladik".

Nazarimizda, Mourino Eldorni yaxshi eslab qolgan va Italiyadagi mavsum ehtimoliy ikkilanishlarni yo'qqa chiqargan — "Roma" Rossiya chempionatidan futbolchi sotib olmadi, u "Jenoa"ning eng yaxshi to'purarlaridan birini transferini amalga oshirdi.


Mourino SHomurodovning to'psiz harakatlarini etiborsiz qoldirmaydi va uni yanada kuchliroq bo'lishiga zamin yaratadi

"Roma" bosh direktori Tiagu Pintu intervyulardan birida SHomurodov Mourinoning o'yin uslubiga juda mos tushishini aytib o'tdi: Eldor — yuqori salohiyatga ega futbolchi. U o'ziga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan ligada muvaffaqiyatli ishtiroki bilan "Roma"da o'zini ko'rsatish niyatida. Ishtiyoq va SHomurodovning imkoniyatlari murabbiyimiz Joze Mourinoning o'yin uslubiga ham mos keladi. SHuning uchun ham, biz SHomurodovni klubda ko'rishdan xursandmiz".

Xo'sh, Pintu qaysi xislatlar haqida gapirgan bo'lishi mumkin? Mourino uchun hujumchining ayniqsa himoyadagi harakatlari (pressing va raqibning kuchli bosimida jamoaga himoyalanishda yordam berish) va o'tish epizodlaridagi (to'p yo'qotilishiga reakciyasi va qarshi hujumlardagi harakati) muhim hisoblanadi.

Himoyalanishda Mourino o'ta zich harakat qilishi mumkin — odatda uning jamoalari sabrli bo'ladi va raqibni maydonning o'z yarmida yoki markazga yaqin zonada kutib oladi, ammo bazan yuqori bosimga ham o'tadi. Mehnatkashlik — Mourino tizimida hujumchining eng muhim hislatlaridan biri.

Bu tomondan SHomurodov Joze uchun chindan ideal hujumchi. Pressing-harakatlar bo'yicha u hattoki, butun A Seriya fonida ham ajralib tura oldi, uning faolliginining asosiy qismi — aynan raqibga maydon markazi yoki o'z yarmida bosim o'tkazish:

SHu o'rinda, Eldorni keragidan ortiq maqtab yuborganlikka chiqarib qo'ymasligingiz uchun bazi faktlarni takidlab o'tish lozim. 

"Jenoa" to'pga juda kam egalik qilardi (chempionatda 18-ko'rsatkich), tabiiyki, pressing uchun ko'proq imkoniyat bo'lgan. Jamoa raqibni yuqori chiziq bilan kutib olmagan, lekin maydonning o'zi tomonidagi intensiv harakatlar evaziga mavsumni pressing harakatlarning umumiy soni bo'yicha 2-o'rinda yakunladi. 

Ikkinchi omil — SHomurodov ega bo'lgan o'yin amaliyoti (daqiqalar). U to'liq uchrashuvlar o'tkazmadi: A Seriyaning 31 uchrashuvida ishtirok etdi, lekin faqatgina 16 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi; bor yo'g'i 4 marta maydonda 90 daqiqa harakat qildi; biror marta ketma-ket ikki o'yinda 90 daqiqadan harakat qilmadi. Himoyaviy harakatlarni tushunishi va mehnatkashligisiz SHomurodov reytinglarda bu qadar yuqori ko'tarila olmasdi. To'g'ri, biroq bunday rejim Eldorga o'ziga ajratilgan vaqtda bor kuchi bilan harakat qilish imkoniyatini yaratib bergan.

Boshqa tomondan, u hali "Roma"da ham aniq asosiy tarkib futbolchisi bo'lganicha yo'q, shu sabab pressing borasidagi faollik darajasini saqlab qolish imkoniyati bor. Bu borada o'zbekistonlik forvard — chindan liganing yashirin yulduzlaridan. Aytgancha, u nafaqat maydonda tinmay harakat qila oladi, balki chindan to'pni olib qo'yishni ham biladi — har 90 daqiqada to'pni olib qo'yish bo'yicha hujumchilar ichida unga (1,56) teng keladigan topilmadi. 

SHomurodovning mehnatkashligi — nafaqat himoyaviy harakatlarda "plyus". A Seriyadagi sakkiztadan ikkita golini Eldor individual pressingi mahsuli. U vaziyatni his qilib, raqibni oxirgacha taqib qiladi va "kislorod" qoldirmaydi. Bu "Atalanta" bilan o'yinda yorqin ko'ringan. SHomurodov Ruslan Malinovskiyning ortga ehtiyotsiz uzatmasiga reakciya bildirdi, orqaroqda va to'pga yaqinroq turgan "Atalanta"ning ikki himoyachisi hamyurtimizni cho'chitgani yo'q: 


Eldor uzatma o'xshamaganini tushundi va kamida himoyachi to'pni o'ziga bo'ysundirishda qiynalardi. Uning maqsadi raqibga bosim uyushtirib, harakatni xotirjam amalga oshirishiga imkon qoldirmaslik:



Berat Gimshitidan to'pni olib qo'yildi — keyin esa hujumni uzoq burchakka yo'llangan ajoyib zarba bilan yakunlash (chap oyoqda yo'llangan to'p ustunga tegib, darvozadan joy oldi).

Pressing borasida SHomurodov — butun liga darajasida olsak ham top. Bunga isbot sifatida raqamlar ham keltirish mumkin, aniq epizodlarda uning harakati tahlilidan ham bilish mumkin. U juda ko'p harakat qiladi hamda undan ham muhimrog'i, bu ishni aql bilan qiladi — vaziyatlarni o'qiy olish unga pressingdan maksimal foyda chiqarish imkonini beradi. Joze buni etiborsiz qoldirmasligi aniq. Uning tizimida yuklamalardan nisbatan ozod qilingan yulduzlar bo'lishi mumkin, ammo odatda bu qanot futbolchilari edi (misol uchun, Eden Azar yoki Krishtianu Ronaldu). Portugaliyalik deyarli hech qachon hujumchilarni jamoaga mehnat qilishdan ozod qilmaydi — hatto, superyulduzlarni ham. 

"Mourino davrida ishimning muhim qismi — to'psiz jamoaga o'ynash, to'pni olib qo'yishga harakat edi. Albatta, men gollar urib, golli uzatmalarni amalga oshiraman, lekin men himoyaviy harakatlarda ham ishtirok etaman va bundan zavq olaman", — degandi Xarri Keyn.

Ikkinchi muhim lahza — o'tish epizodlaridagi harakatlar. Mourino bu bosqichda futbolchilar harakatlariga ayniqsa ko'p etibor beradi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, aynan shu lahzalarda o'yinlarni yutib yoki boy beriladi. Bugungi davrga kelib, ushbu tezis, Jozening gullagan davriga nisbatan dolzarbligini yo'qotgandek, ammo bu jihat o'yinning o'sha aspekti murabbiy jamoasi va hujumchilar uchun muhimligini bekor qilmaydi. Kengroq qilib aytganda, Joze bu kabi vaziyatlarda forvardning vazifasini "jamoaga bosimdan chiqib ketishda yordam berish" deb ataydi. Bu vazifani turlicha bajarish mumkin. 

Dide Drogba — bosimda qolgan jamoasiga to'pni o'zida ushlab turib, himoyadan chiqishda yordam berish borasida ideal o'rnak. Uzun pasdan keyin to'pni qabul qiladi va raqib darvozasiga teskari turgan holda, sheriklari qarshi hujumga o'tishlari uchun imkon yaratadi. Bu xislati orqali ivuarlik futbolchi o'z davrining eng zo'ri edi. Xuddi shu vazifani Keyn o'z variantida bajarishga urindi (u nafaqat to'pni ushlab turish, balki himoyachi bilan kurashda to'p bilan qayrilib, jamoasi hujumini xavfli bo'lishiga harakat qilardi). Biroq minimum vazifa — to'pni nazoratda ushlab turish.

"Bazi uchrashuvlarda mening asosiy vazifam to'pni o'zimda ushlab turish bo'lgan. Ayniqsa jamoa bosim ostida qolib ketganida. To'p uchun kurashda yutib chiqish, fol ishlab olish yoki qolganlar hujumga chiqquniga qadar to'pni nazorat qilib turish. Qarshi hujumlarda men markaziy hujumchi nuqtasidan orqaroqqa qaytardim va sheriklarimdan kimdir "ochilishini" bilardim. Baxtimga, aksariyat hollarda bundan foyda chiqara olardim", — derdi Xarri.

SHomurodov Mourino tizimida bu vazifani bajarish uchun darvozaga teskari holatda u qadar yaxshi o'ynamaydi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni bor — portugaliyalik uni "raqib himoyasini cho'zish" deb ataydi. 

"Diego Kostada men qadrlaydigan ko'plab xislatlar mavjud. Uning xarakteri va qatiyligi, harakatlari, yuqori pressingda bosimni boshlashi, jamoasi bosimda qolganida "raqib himoyasini cho'za olishi". U bo'sh zonalarga to'g'ri "ochiladi" va to'pni so'rab, raqib himoyasi zichligini yo'qqa chiqaradi. Bu jamoa himoyadan chiqib olishi uchun imkon beradi. Kosta chindan taktik xislatlari evaziga jamoaga yordam beradi", — degandi Mourino.

Maqsad hamon o'sha — pressingdagi sheriklariga yordam berish. Bu Joze jamoasi hujumchisining muhim funkciyalaridan biri. Biroq Kosta misolida ko'rish mumkinki, bu ishni boshqa yo'l — himoyachilar ortiga, bo'sh zonalarga ochilish bilan ham amalga oshirsa bo'lar ekan. Bunda uzatma hujumchining o'ziga emas, oldinroqdagi bo'sh zonaga tashlanadi, biroq natija o'sha-o'sha — jamoada qarshi hujum tashkillashtirish imkoniyati yuzaga keladi. 

Bunday lahzalarda "ochilish" borasida SHomurodov chindan Kostani yodga soladi — va bu o'ziga xos maqtov. Muhim hislatlar — tezlik va bu kabi harakatning kerakli vaqtda amalga oshirilishidir. Eldorda bu borada muammo yo'q, ammo u bunday harakatlarni Kostadan ko'rib o'rganmagan bo'lsa kerak. Uning kumiri Fernando Torres: "Bolaligimda Fernando Torres va Dide Drogba ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rardim. Menga Torresning uslubi va Drogbaning maydonda ishonch bilan harakat qilishi juda yoqadi. Ularga o'xshash uchun juda ko'p ishlayman".

Drogba va Torres — yuqori aytgan vazifani alo darajada, ammo ikki xil usulda bajaradigan misollardir. Eldor uslub bo'ycha — bu Torres, Drogba emas (aynan uslub bo'yicha — hozircha daraja bo'yicha emas). Himoyachilar ortidagi bo'sh zonalarda yaxshi ochiladi va bu orqali bosim ostidagi jamoasiga yordam beradi, erkin nafas olish uchun "vaqt yaratadi". 

"Jenoa"da Eldor hujumda yana bitta sherik bilan harakat qildi. SHu sabab to'pni qabul qilish uchun orqaroqqa qaytdi (odatda keyin o'zi to'pni oldinga etkazishga harakat qilardi) yoki sherigi orqaroqqa tushsa, himoyachilar ortiga ochilardi. Mourino katta ehtimol bilan ikkinchi harakatga ko'proq etibor berishni so'raydi.

Jamoa to'pga egalik qilib ulgurdi hamki, SHomurodov sevimli zonasida ochilishga tayyor. Tabiiyki, raqib hali kerakli poziciyani egallab ulgurmagan:


Yana bir qarshi hujum — bu safar SHomurodov boshqa qanotda ochilmoqda ("Kalyari" chap qanot himoyachisi Xaralambos Likoyannis ortga qaytishga ulgurmayapti va SHomurodov buni sezdi):


Eldor bunday epizodlarda ancha foydali. SHunga qaramay, Mourino qo'l ostida bu borada yanada kuchayishi mumkin. Romelu Lukaku Joze hujumchilarga bu kabi vaziyatlarda joy tanlashda o'sishiga yordam berishini aytgandi. "Mourino menga jamoaga ko'proq va foydaliroq o'ynashni o'rgatgan. Bu pressingga ham, joy tanlashga ham taalluqli. Keyinroq men u shunga o'xshash ishni Xarri Keyn bilan qilganini ko'rdim", — tushuntirgan belgiyalik.

Ideal variantda Mourinyuga har ikki usul kerak — bo'sh zonalarga tezlashish ham (Kostaning ustun tomoni), ham darvozaga teskari turgan holatda to'pni ushlab turish (Drogbaning ustunligi). Albatta, istalgan forvardda u yoki bu usulni yaxshiroq uddalaydi, lekin har ikki usul bo'lsa bu katta ustunlik. A Seriya darajasida SHomurodov chinakamiga yaxshi darajada bittasini — himoyachilar ortidagi bo'sh zonalarga ochilishni qoyillatyapti.

Eldorning ochilish uchun vaqtni to'g'ri tanlashi pozicion hujumlarda ham yordam berishi mumkin. "Makkabi" darvozasiga urilgan bu gol tipologiyasi bo'yicha Fabregas-Kosta tandemining harakatlariga o'xshaydi. Fabregas rolida — Matias Normann.

Normann erkin, to'pni qabul qilmoqda. SHomurodov buni ko'rdi:


SHomurodov harakatni boshladi. Normann endi to'pni qabul qildi, Eldor bo'sh zona tomon harkatda (raqibidan farqli ravishda) – bu hujumchiga xavfli bo'lmasligi mumkin bo'lgan vaziyatda himoyachini ortda qoldirish imkonini beradi:


Kosta doim shunga o'xshash usulda harakatlanardi (va uni biroz vaqtliroq boshlardi), bo'sh turgan Fabregas to'pni qabul qilganida (hattoki, u ancha orqada bo'lsa ham). Ushbu oddiy harkatlarni top-darajada bajara olish qobiliyati pozicion hujumlarda bonus gollarni urish imkonini beradi. SHomurodov Rimda Lorenco Pellegrini bilan shunga o'xshash juftlikni hosil qilishi mumkin.

Umuman olganda, Mourino jamoasining pozicion hujumida hujumchi vazifalarini aniq tushunish biroz mushkul. Murabbiy o'yinning bu qismi ustida egg kam ishlaydi, tabiiyki, optimal holda Joze jamoasi gollari boshqa epizodlarda yuzaga kelishi kerak.

Pozicion hujumlarsiz ish bitmasa, Mourino yaratuvchi futbollarining salohiyati, uzatmalariga hamda hujumchilarning individual harakatlariga ishonadi. Kreativ yarim himoyachi bo'lsa ancha yordam beradi. Top darajadagi futbolchi yaqqol bo'lmagan vaziyatda ham xavfli imkoniyat yarata oladi (Fabregas, Ozil, qisman Pogba). Joze bunday futbolchi jamoasiga qanchalar muhimligini yaxshi tushunadi va himoyaga qo'shimcha og'irlik tushsa ham, bazan, unga joy topib beradi.

Aynan hujumchilar uchun aniq talablar yo'q. Kutilmagan vaziyatlarda gol urib ketish — bu sistemada katta bonus. Boshqa bir muhim aspekt — Mourinyu jamoalari individual harakatlar evaziga raqib himoyasini "ochish"ni uddalay olmasa, qanotdan amalga oshiriladigan uzatmalarga murojaat qiladi. Tabiiyki, bunday hollarda hujumchi havodan va erdan etkazilgan uzatmalarda jarima maydoni ichida o'zini erkin his qilishi kerak (bu erda SHomurodov etarli darajada harakat qila oladi).



SHomurodov Jekoning o'rniga kelmadi, lekin bosniyalikning ketishi — ko'proq o'ynash uchun yaxshigina imkoniyatdir

O'tgan mavsum "Roma"da ikkita markaziy hujumchi bor edi — Edin Jeko va Borxa Mayoral. Paulu Fonseka faol tarzda ularni rotaciya qilardi, ikkisi ham taxminan bir xil vaqtni maydonda o'tkazgan. Jeko barcha turnir hisobi bo'yicha 2419 daqiqa (38 o'yin, 26ta boshlang'ich tarkibda, 13 gol), Mayoral esa — 2302 (45 o'yin, 26 asosiy tarkibda, 17 gol).

SHomurodovni ham rotaciya uchun olishdi — imkoniyatlari bo'yicha Jeko va Mayoraldan farq qiladigan va Mourinoga tanlash imkoniyatini bera oladigan hujumning uchinchi o'yinchisi. Italiya OAV malumotiga qaraganda, Joze asosiy o'yinchisi sifatida Jekoni ko'rgan, biroq "Inter" bunga yo'l qo'ymadi.

Romelu Lukaku "CHelsi"ga ketadi, Jeko esa "Inter" o'yinchisiga aylanadi. Milan klubi so'nggi to'rt yildan beri hujumchiga qiziqish bildirib keladi — uni Luchano Spalletti va Antonio Konte davridayoq jamoada ko'rishni istashgan, ammo bu endi Simone Indzagi rahbarligi ostida amalga oshadigan bo'ldi. Jeko "Inter" bilan shartnoma borasida kelishib olgan, bitim haqida esa rasman yaqin kunlarda elon qilishadi. Ammo Mourino va Tiagu Pintu bundan norozi — zudlik bilan yangi hujumchini izlash kerak. Variantlar juda ko'p. SHomurodovning jamoadagi maqomi "Roma" kimni tanlashiga bog'liq. Faqatgina asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar bor. Masalan, Andrea Belotti yoki Mauro Ikardi. SHuningdek, "Roma" ro'yxatida Serdar Azmun ("Zenit"),  Temmi Abraxam ("CHelsi"), Aleksander Isak ("Real Sosedad") va Janluka Skamakka ("Sassuolo") bor. Bu o'yinchilar bilan esa SHomurodov asosiy tarkib uchun yaxshigina raqobatlashishiga to'g'ri keladi. Agentlar Xaris Seferovich ("Benfika") va Luka Yovichni ("Real")ni tavsiya qilishmoqda.

"Roma" yana bir forvard bilan shartnoma imzolashi aniq, biroq Jekoning jamoadan ketishi SHomurodov har qanaqasiga maydonga ko'proq tushishini taminlaydi.

Mourino jamoasidagi asosiy hujumchi hisobida gollar soni 20+ bo'lishi kerak, lekin "Roma" murabbiyi forvardlarni faqatgina gol soniga qarab baholamaydi: "Egoist hujumchilarning muammosi shundaki, agar ular gol urmasa, xuddi ular maydonda yo'qdek tuyuladi! Biroq hujumchilarning shunday turi borki, ular gol urmaganda ham muhim hisoblanadi. Xarri Keyn — shundaylardan biri. Yana bir misol — Ueyn Runi. U hujumchi, lekin "o'nlik"da ham, hattoki, yarim himoyada ham o'ynay olgan. Bunday yigitlar shunchaki hujumni yakunlab, gol urishdan ko'ra ko'proq narsaga qodir".

Sezgan bo'lsangiz, Jozening so'zlarida biroz qarama-qarshilik bor. U avvaliga hujumchi uchun gol unchalik ham muhim emas deydi, biroq keyin ko'p gol uradigan superforvardlarni misol qilib keltiradi. Darhaqiqat, Mourinoning jamoasida doim jamoaviy o'yinni gollar bilan uyg'unlashtira oladigan o'yinchi bo'lgan. Albatta, bu — asosiy hujumchi. Boshqa vaziyatlarda Joze jamoaviy ishni qadrlaydi. SHomurodov — portugaliyalik murabbiy tezda yaxshi ko'rib qoladigan o'ziga xos hujumchi. Balki, Eldor faoliyatini rotaciya o'yinchisi sifatida boshlar, ammo Mourino futbolida o'sishi uchun imkoniyatlari juda keng.


"Men o'tgan mavsumda 8ta gol urdim, endi esa 10tadan ko'p gol urmoqchiman. 15 — ajoyib maqsad. Bilaman, bu oson bo'lmaydi. CHempionat qiyin, meni esa endi-endi yaxshiroq tanishyapti", — degan edi SHomurodov "Roma"ga o'tishidan oldin. Endi oldimda yana bir maqsad paydo bo'ldi — "Men top-klub vakiliman. Vatandoshlarim meni qanday qo'llab-quvvatlashini bilaman. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика