So’nggi yangiliklar

12:37Бове юрак жарроҳлигидан кейин биринчи марта "Фиорентина" ўйинига келди  0 12:16ОКМК ОАВ вакиллари ва мухлисларни ҳисобот конференциясига таклиф этмоқда  0 11:59Эшитдик-да! "Локомотив"ни тарк этган футболчига "Нефтчи" ва "Динамо" қизиқмоқда  0 11:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Қатарга йўл олган таркиби маълум  1 11:30"Қизилқум" мавсумни Самарқандда бошлайди, "Динамо" ўз уйида тўп тепади  2 11:10Забиҳилло Ўринбоев фаолиятини собиқ жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  6 10:49Расмий хабар: "Сўғдиёна" 32 ёшли нигериялик ҳужумчи билан шартнома тузди  12 10:17«Реал Мадрид» МЮ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчи билан шартнома тузмоқчи  3 09:45Игорь Сергеев «Пахтакор»га қайтмоқдами? Ҳужумчининг ўзи бунга жавоб берди  19 09:14«Динамо»нинг яна бир тўпурар футболчиси жамоани тарк этиши мумкин  4 08:40Яқинда шартномасини узайтирган Шомуродов «Рома»ни тарк этишга яқин  11 08:13«Ливерпул»га ПСЖ ҳужумчиси керак  3 07:35Ўтган мавсум «Сўғдиёна»да ўйнаган футболчи янги мавсумни «Қўқон-1912»да давом эттириши мумкин  0 00:42"Манчестер Юнайтед" трансферлар учун 230 млн евро ишлатишга тайёр. Бу пул кимларга сарфланади?  13 00:08Алекс Фергюсон Роналдуни йиғлатгани ҳақида билармидингиз?  8

Mutolaa uchun: Lautaroning "Inter"dagi vaqti tugadi-mi? Yangiliklar

Mutolaa uchun: Lautaroning "Inter"dagi vaqti tugadi-mi?

O'zgarish vaqti keldi.

Plankani ushlab turdi

Lautaro hozirgi "Inter"ning darajasidan o'tib ketgani va ECHLda muntazam ravishda g'alaba uchun davogarlik qiladigan klubga o'tishi kerakligi haqidagi gap-so'zlar o'tgan mavsum avvalidan boshlangan. Ammo Martines dunyoning eng yaxshi forvardlaridan biri nomiga chindan loyiqligini isbotlashi uchun yana bir top mavsum zarurligi, u gaplarni chetga chiqarib qo'ydi. Bu ish amalga oshdimi? Bir narsa aniqki, futbolchi darajani tushirib yubormadi. Bunga ancha uzoq davom etib, mart avvalida chek qo'yilgan golsiz seriya ham to'siq bo'lmadi.

O'tgan mavsum Martines barcha musobaqalarda 48 o'yinda maydonga tushdi, 19ta gol urdi va 11ta assist qayd etdi. Bu mavsum uning hisobida 40 uchrashuv, 16ta gol va 2ta assist mavjud. Bu erda Konte ketgach, Indzagi bosh murbbiyligida "neradzurri" taktikasidagi o'zgarish yaqqol seziladi. Antonio davrida Lautaro ko'proq orqaroqdan harakat qiladigan, ikkinchi hujumchi sifatida Romelu Lukaku va vingerlarni bog'lovchi rolini bajargan bo'lsa, Simoneda jamoa 3-5-2 taktikasida harakat qilarkan, hujumchilar Edin Jeko va Martinesning yuklamalari teng taqsimlangan. So'zimizni bosniyalikning statistikasi ham tasdiqlashi mumkin. Edin o'sha 40 bahsda 16ta gol urib, 9 bor sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. Bu mavsum asosiy assistent vazifasi 36 yoshli Jekoga nasib qilmoqda.

Umuman olganda, Lautaro ketma-ket uchinchi mavsumni shaxsiy statistikasida keskin pasayishlarsiz o'tkazmoqda. Maydonni yaxshi ko'ra bilish va raqib tayanch zonasidagi sifatli o'yini argentinalikning hamon o'ziga xos jihati bo'lib qolmoqda. U yuqori intellektli va golli vaziyatlarni yaxshi seza oladi. Hujumning istalgan nuqtasida — vinger, to'qqizlik, aldamchi to'qqizlik yoki "o'ninchi raqam" bo'la olish va shu bilan birga, asli "o'naqay" bo'lgan Lau chap oyoqda ham to'p bilan yaxshi muomalada bo'la oladi. Bu xislatlar uni o'ta qimmatli kadrga aylantiradi. To'pni zarur pallada, pozicion hujumlar va qarshi hujumlarda birinchi teginishdayoq sherkilariga etkaza olishiga sifatli driblingi qo'shimcha ustunlik bo'lib xizmat qiladi.

Qiziq tomoni, Lautaro faoliyatini markaziy himoyachi sifatida boshlagan. Ehtimol, shuning uchun, havodagi kurashlarda ancha yaxshi harakat qilib (bo'yi 174 sm bo'lsa-da), standart vaziyatlarda joy tanlay oladi hamda gavdasidan unumli foydalanadi.

Yaqqol kamchilik sifatida faqatgina bazan uchrab turadigan muammo — o'rtamiyona va autsayderlarga qarshi o'yinlarda o'rtaga chiqadigan beqarorlikni qayd etish mumkin. Uning harakatlariga boqarkansiz, u yaqqol kuchsiz jamoalarga qarshi uchrashuvlarga etarlicha tayyorlanmasligi va unga ishtiyoq etishmasligini sezasiz.

So'nggi yillarda uni goh u jamoaga, goh bu jamoaga ko'chib o'tishi haqida gapirishdi, ammo yaqinda La Repubblica qiziq bir malumotni o'rtaga tashladi.


O'zgarish vaqti keldimi?

Italiya nashrlaridan biri Lautaroga "Atletiko", aniqrog'i aynan bosh murabbiy Diego Simeone tomonidan qiziqish borligi haqida xabar berdi. Aytishlaricha, El CHolo klub rahbariyatini o'z tarkibida hamyurtini ko'rish niyatida ekanidan xabardor qilib ulgurgan. Ular bu transferni qo'llab-quvvatlaydi, ammo 60 mln evrolik narx vaziyatni qiyinlashtirmoqda. 

Insaydning muhim qismi shundaki, Martinesning o'zi jamoadan ketishga qarshi emas, chunki ortiq o'zini loyihaning markazida his qilmayapti. O'z navbatida "Inter" ham yaxshi taklif bo'lsa, bu transferni ko'rib chiqishga tayyor. Bu vaziyatda "neradzurri" Paulo Dibalaga ko'z tikkani ham muhim rol o'ynamoqda. Bundan tashqari, klubga "Sassuolo"dan xavbek Davide Fratezi va forvard Janluka Skamakkani sotib olish uchun ham pul zarur. 

Keyinroq TyC Sports jurnalisti Sezar Luis Merlo diqqatni o'ziga qaratdi va Lautaro Milanda baxtli ekani, biroq "Inter" pul ishlab olishi uchun ketishga rozi bo'lishini malum qildi.

SHuningdek, ingliz klublarini bir nechtasi — "Man Yunayted", "Man Siti", "Liverpul" va "Arsenal"ni Lautaroga qiziqayotgani haqida aytilgandi. Albatta, bu erda "Barselona" va "Bavariya" ham esdan chiqarilmadi. Martinesning "Inter" bilan shartnomasi 2026 yil yozgacha mo'ljallangan. SHu sababli, ehtimoliy xaridorga chegirmalar bo'lishi deyarli ilojsiz. "Neradzurri" qulay holatda muzokaralarga kiradi va bu holat forvardni sotib olmoqchi bo'lganlarni yaxshigina saralab qo'yadi.

Qator sabablarga ko'ra, argentinalikni "qizil iblislar" safida ko'rish qiziq bo'lardi. Bu borada hal qiluvchi fakt yangi murabbiy tanlovi bo'ladi. Hozircha mavjud malumotlarga tayanadigan bo'lsak, Maurisio Pochettino va Erik ten Xag nomzodlari qolganlardan ustunlikka egadek. Ushbu mutaxassislar o'yin uslubi, taktikasida Lautaro tipidagi futbolchi muhim o'ringa ega.


Afsonalarning fikrlari

So'nggi yillarda Martines haqidagi iliq fikrlar aytildi. Ammo ular orasida Lautaroning ikki hamyurti Lionel Messi va Serxio Agueroning gaplari eng qadrlisi bo'lsa kerak.


Messi 2020 yil:

"Lautaro ajoyib ko'rsatkichlarga ega, shunchaki qoyil. U yaxshi futbolchi bo'lishi mumkinligini sezgandim va endi Lautaro jiddiy o'sishga erishdi. U kuchli hujumchi va birga-bir vaziyatlarni qo'ldan chiqarmaydi, juda ko'p gol uradi. Jarima maydonida istalgan raqib bilan bellasha oladi, oyoqda mustahkam turadi, kutilmaganda yo'nalishni o'zgartirib, gol uradi. Sifatli va keng imkoniyatli o'yinchi".

Aguero 2022 yil:

"U to'p bilan doim ham muomalada bo'lmasa-da, yaxshi zarbaga ega hujumchi. U "aldamchi to'qqizlik". Martines — hujumdagi vaziyatga jiddiy  tasir o'tkaza oladigan futbolchi. Men doim uni qo'llab-quvvatlayman. Tinmay mehnat qilishini aytganman. Barchasiga erisha oladi, lekin sabr qilishi zarur. Men 6-7 yil terma jamoaning zaxira hujumchisi bo'lganman".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика