So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  3 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Mutolaa uchun. Buyuk futbolchilar Klattenburg nigohida Yangiliklar

Mutolaa uchun. Buyuk futbolchilar Klattenburg nigohida

Angliyalik Mark Klattenburg hakamlik faoliyatini 1990 yilda boshlagan.

Unga 2012 yilgi Olimpiada, CHempionlar Ligasi, Evro-2016 finallari ishonib topshirilgan. SHuningdek, u ko'plab APL bahslarini boshqarib borgan. Klattenburg o'z faoliyat yo'lida 5 nafar buyuk futbolchi bilan sodir bo'lgan ajoyib voqealarni aytib berdi.


Krishtianu Ronaldu

Ronaldu jamoasi yomon o'yin ko'rsatayotganida o'yinni yaxshilash ustida tinimsiz harakat qilardi, unga qoyil qolganman. Uning ishtirokida kechgan Premer-liga doirasidagi uchrashuvlarda hakamlik qilganman, keyinchalik uni "Real"da ko'rganman. U doim tartibli o'yin ko'rsatgan.

Men u bilan juda yaxshi kelishardim. Evro-2016 finalidan keyin medal olish uchun zinadan ko'tarilib boryotganimda u meni ushlab qolishga va quchoqlashga harakat qildi - biz bir-birimizni hurmat qilamiz. Final o'yinining dastlabki daqiqalarida jarohat olganida hafsalam pir bo'lgandi, chunki final ajoyib o'yinchini yo'qotgandi. Ammo alohida aytishim kerakki, men unga hech qachon boshqa o'yinchilardan farqli munosabatda bo'lmaganman. O'ylaymanki, shuning uchun biz yaxshi munosabatda bo'lganmiz.

Bir o'yindan so'ng, echinish xonasiga bir libosni olib kelishdi. Unga shunday yozilgan ekan: "Markka eng yaxshi tilaklarimni tilayman, Krishtianu Ronaldu". Men undan buni so'ramagandim, lekin juda xursand bo'lganman.

"Real" ishtirokidagi birinchi o'yinimni qanday boshqarganimni yaxshi eslayman. Raqiblar burchak to'pini amalga oshirgach, Iker Kasilyas to'pni ushlab oldi. Keyin uchta pas va gol!   Men hatto maydon markazini kesib o'tishga ulgurmaganman. Buni faqat Ronaldu kabi buyuk futbolchilar namoyish eta oladi, xolos. U juda tez va aniq o'ynaydi. Krishtianu "Real"dan ketgach, jamoa o'zgargani ajablanarli holat emas. U 2016 yilgi CHempionlar Ligasi finalida hal qiluvchi penaltini tepgan o'yinda men bosh hakam edim. Mening yagona fikrim shunday edi: "Bu penalti tepilgach, to'pni olishim kerak!"   Biroq, tez fursatda to'p qaerdan joy olishini yaxshi bilardim - darvoza ichidan.  Krishtianu yaxshi o'ynay olmagandi va yuqori sport formasida emasdi.  Lekin shunday bo'lsa-da, aniq bilasizki, u maydonda bo'lsa, sizni oldinda albatta, Krishtinu Ronaldu shousi kutadi.


Lionel Messi

Birinchi marta Messi ishtirokidagi bahsda hakamlik qilganimda shokka tushganman. Bu "Barselona" va PSJ o'rtasidagi o'yin edi. Uning yonida turganimda shunday o'yladim: "Ey Xudo, bunga aql bovar qilib bo'lmaydi". 

Siz hakamlik qilayotganingizda ko'proq to'pga qaraysiz. Messi to'pga egalik qilganida uni yo'qotib qo'yasiz, shuning uchun himoyachilarning holatini tasavvur qilib ko'ravering! U yuqori saviyada o'ynaganida vaziyatni tahlil qila olish usullarimni o'zgartirishimga to'g'ri kelardi. Messi shu qadar mahoratli ediki, raqiblar uni turli yo'llar bilan to'xtatishga urinardilar: bazan uning oyog'iga tepishsa, bazan beldan yuqori qismiga zarba berishardi.

PSJga qarshi o'yinda raqibning oyog'ini bosgani uchun Messini ogohlantirganman. U hech qachon shikoyat qilmagan, o'shanda ham hech narsa demadi. Bu uni umuman bezovta qilmagandi.


Luis Suares

Suares ishtirok etgan o'yinda hakamlik qilgan birinchi o'yinim "Ayaks" sharafini himoya qilib yurgan vaqtiga to'g'ri keladi. U o'sha o'yinda to'rtta gol urgandi. Uyga kelganimda do'stlarimga shunday deganman: "U naqadar ajoyib o'yinchi". Uning Diego Kostaga o'xshash xislatlari bor, ammo Luisning o'zchacha qobiliyati bor. "Liverpul" u bilan shartnoma imzolaganidan xursand bo'lgan, chunki Premer-liga ajoyib o'chinchiga ega bo'lgan edi.

Ko'p to'qnashuvlarda ishtirok etishini inobatga olsak, siz u bilan kurashishingiz kerak. U har doim ispan tilida haqoratlaydi. Biroq, men dunyo bo'ylab hakamlik qilib chiqqanman, tajribam etarli. SHundan foydalanib unga bir yoki ikki so'z bilan javob berardim. Bu uni hayratda qoldirardi!  Odamlar qoidalar haqida gapirishadi. Ha, bu yaxshi, lekin men uchun o'yin va o'yinchilarni to'g'ri boshqara olish muhimroq. O'yin yaxshi o'tishiga imkon qadar yordam berishga harakat qilishingiz kerak. Suares kabi futbolchilar bilan qanday muomala qilishni bilishingiz lozim.

Agar shunday qilmasangiz, kelajakda sizni ko'plab muammolar kutadi.


Vensan Kompani

Men uni juda hurmat qilardim. U hakamlarni qo'llab-quvvatlaydi, juda xushmuomalalik bilan gapiradi. Vensanga ko'p ogohlantirishlar berganman va maydondan chetlatganman, lekin u har safar oldimga qaytib kelib, muloqot qilish uchun vaqt topardi.

Bir kuni birinchi bo'limda xato qaror qabul qilib qo'yganman. Tanaffusdan keyin u mening oldimga kelib shunday dedi: "Mark, o'yinchilar xatoga yo'l qo'yishdi, siz ham xato qildingiz, keling, buni unutgan holda o'ynashda davom etamiz". U mana shunday oliyjanob inson.

Men Belgiya va Isroil o'rtasidagi o'yinda hujumni buzgani uchun uni maydondan chetlatganman. Bu ikkinchi sariq tufayli edi, ammo u buni to'g'ri qabul qildi. Taxminan bir hafta o'tgach, "Old Trafford"da Manchester derbisida hakamlik qildim. Birinchi bo'limda uning ishtirokida to'qnashuv ro'y berdi. Bu yomon ko'ringandi. Men yordamchi hakam oldiga borib nima qilish kerakligini so'radim, u esa sariq berish kerak ekanligini aytdi. Yon hakam bilan birgalikda Kompanining oldiga bordik. Vensan o'sha paytda jarohat olgandi, lekin meni ushlab olib shunday dedi: "Rahmat, menga bir hafta ichida ikkinchi qizil kartochka kerak emas!"


Gari Spid

Yosh hakamlik davrimda yani Premer-ligaga endi moslashib borayotgan paytimda menga nisbatan juda ko'p bosim o'tkazishardi. Ammo Gari kabi futbolchilar bu ishni boshqacha yo'sinda amalga oshirardilar.  U mening qarorlarimni samimiy qo'llab-quvvatlardi. Siz xato qilsangiz ham u sizni ruhlantirishda davom etardi. Gari shunday muloyim odam edi. SHu bilan birga, sizga yordam bermaydigan boshqa o'yinchilar ham bor edi - masalan, Kpeyg Bellami, u o'yin davomida doimiy ravishda janjallashardi.

Gari bu borada nima qilganini oddiy insonlar tushunmasligi mumkin. O'ylaymanki, Garining jihatlarini futbolchilar etiborga olishlari kerak. Nafaqat ajoyib futbolchi, balki boshqalarga yordam beradigan, yaxshi inson edi.

Gari Spid o'yinni maydon markazidan turib boshqara olar, gollar urar, o'z jamoasi darvozasini juda yaxshi himoya qila olardi. Men uni qachondir ogohlantirganimni eslay olmayman.  U barchamiz uchun haqiqiy namuna edi.


SHerzod Nurmatov tarjimasi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика