So’nggi yangiliklar

17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  1 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  2 16:40АПЛ қайтди. "Ипсвич" - "Ливерпуль"  3 16:36Энцо Мареска: "Менга ЕЧЛга чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  0 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  0 15:25Пичоқланган Ямалнинг отасига нима бўлди?  0 15:23Жаҳон чемпиони "Сепахон"га ўтишга яқин  0 14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   1 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  2 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  29 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  4 12:23“Трастбанк” ходимлари ўртасида ўтказилаётган “Спартакиада – 2024” спорт мусобақаларининг очилиш маросими бўлиб ўтди  0

Murod Xolmuhammedov: “Paxtakor" men uchun eng yaxshi maktab bo'lgan” Yangiliklar

Murod Xolmuhammedov: “Paxtakor" men uchun eng yaxshi maktab bo'lgan”

Oliy liganing 11-turida Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi o'z uyida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi.
O'yin oldidan ko'pchilik Jizzaxlik muxlislarning talab va istaklariga binoan “Cug'diyona”ning 2016 yildagi eng yaxshi transferi, ko'plab jizzaxlik muxlislarning kunglidan joy olishga ulgurgan Murod Xolmuhammedov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

-  Murod  Xolmuhammedovni futbolga kirib kelishiga Ahmad Ubaydullaevning roli katta bo'lgan.  Birinchi ustozingiz aynan shu inson bo'lganmi?

- Yuq, ammo haqiqatdan ham futbolda tanilishimda, menga katta yordam bergan aynan shu inson bo'ladi.  Lekin mening birinchi ustozim Ahmadjon Musaev bo'ladilar. Ahmad Ubaydullaev mening o'yinlarimni ko'rib  “CHig'atoy” ga chaqirgan. O'sha paytlari u kishi yoshlar terma jamoasi murabbiyi bo'lgan. "Paxtakor"da ham to'p tepishimda xissasi katta bo'lgan.

- Yoshlik chog'ida “CHig'atoy”da shug'ullandingiz. "Paxtakor" futbol maktabi ham sizni tanitdi. Qaysi biri sizni katta futbolga qadam qo'yishizga yordam bergan?

- “CHig'atoy” da shug'ullanib katta futbolga qadam quydim. Albatta Ahmad Ubaydullaevning roli katta bo'lgan. SHundan keyin men yoshlar termasida o'ynadim.

-  Bir qator futbolchilarning hayotiga nazar solsak, hayoti davomida qiyinchiliklarga duch kelishgan. Siz o'ziga to'q oilaning farzandisiz. Futbolga kirib kelishingizda  sizga  ham qandaydir qiyinchiliklar bo'lganmi?
- Ha, albatta, bo'lgan.  Futbolda bo'lish va o'yinda o'zini ko'rsatish, bir nimaga erishishni uzi katta qiyinchilik. “Paxtakor”da ancha payt o'ynolmadim. Sog'ligim sabab futbolni tashlamoqchi bo'lgan paytlarim ham bo'lgan. Ammo futbol mening hayotim va uni tashay olmasligimni angladim. Lekin hayotda ham, futbolda ham u darajada qiyinchilik qo'rmadim.

- Murod  Xolmuhammedov autdan to'pni juda yaxshi kiritadi. Faqatgina shuning uchun ham asosiy tarkibga kiritilgan paytlari bo'lgan deyishadi. Bunga qanday izoh bergan bo'lar edingiz.
- Haqiqatdan ham shunaqa. Yoshlikdan yoshlar tarkibida keyinchalik asosiy tarkibda o'ynagan paytimda, professional bo'lib o'ynagan paytimda asosiy bir jihat bo'lib qoldi. Bu jihatimni ko'rib murabbiylarim ham ishonch bildira boshladi. Bu ustida ishlamaganman aynan aut uchun lekin bu mening asosiy o'yindagi qurolimga aylandi va murabbiylarning taktikasi ham shunga qarab tuzila boshladi. Qanaqadir siri bor deb ham aytolmayman lekin autdan uzoqqa to'pni kiritaman.

- Siz “Paxtakor”da o'ynab tanildingiz. “Paxtakor” sizning hayotingizda qanday rol o'ynagan? Ijobiy yoki salbiy?

- Murod Xolmuhammedov bo'lishimga “Paxtakor”ning hissasi katta bo'lgan. SHu darajaga etishishimga ham aynan shu klubning hissasi katta bo'lgan. SHu klub menga ishonch bildirib asosiy tarkibga kiritgan. Muvaffaqiyatli o'yinim tufayli meni yoshlar terma jamoasi jalb qilgan va shu orqali dunyo kezdim. “Paxtakor” klubi haqida qancha gapirsam shuncha oz.

- Aytishlaricha, siz juda “qattiq” himoyachisiz. Maydonda raqibni ayamaysiz. Futboldan tashqari xarakteringizda shu jihat bormi?

- Ha. Hayotda chuda asabiyman balki shu xislat futbolda o'z tasirini o'tkazadi.  “Paxtakor”da  o'ynagan kezlarim juda ko'p qizil kartochka olganman yoki maydondan  urishib chiqib ketgan paytlarim xam bo'lgan.

- Sizni shaxsan tanib men sizni juda samimiy inson deb bilaman.

- Sizning gapingiz ham tug'ri. “Cug'diyona”ga kelib bu jihatim o'zgardi chunki jamoamga kerakligimni xis qilaman va ehtiyotkorlik bilan uynashni boshladim. Davron Fayziev menga juda katta ishonch bildirgan va maydonga masuliyat bilan tushayotgan paytimda sariq yoki qizil kartochka olmiy deb tushaman. Buning natijasi ham bor, o'tgan 10 ta tur davomida bitta sariq kartochka oldim, xolos.



- “Paxtakor” da  uynagan paytlaringizdan  so'ng bir qancha futbolchilar hozirgi kunda Milliy terma jamoada o'ynamoqdalar. Aynan ximoyachilar . Masalan :  Davron Xoshimov,Egor Krimec, Merzlyakov va hokazolar. Ular haqiqatdan xam Murod Xolmuhammedovdan kuchlimi?

-  Har bitta murabbiyning o'ziga yarasha taktikasi bor. Qaysidir murabbiyga mening o'yinim yoqadi, qaysidir murabbiyga yoqmaydi. Milliy terma jamoa murabbiyi Samvel Babayanning ham o'z uslubi bor.Demak ular ko'proq  usha  uslubga mos keladi va bosh murabbiy aynan ularni terma jamoaga jalb qilgan. Lekin o'zim ushbu futbolchilar bilan bemalol raqobat qilolaman.

- Faoliyatingiz davomida  U-19 “Osiyo chempionati” dagi yutuqlaringiz va “Darvozabonga aylangan himoyachi ” bo'lganligingiz xaqida hamma biladi.  O'sha paytdagi hissiyotlar qanaqa bo'lgan?

- Juda xursand bo'lganman. CHempionatga yo'l olayotgan paytimizda men jamoamga shunaqa yordam beraman deb o'ylamaganman. SHunday bo'lsa-da, mashg'ulotdagi harakatlar o'z mevasini berib, jamoamga yordam berganman. O'zbekistonni Jahon chempionatiga olib chiqaman deb hayolimga xam keltirmagan edim. Xamma o'zgarishlar amalga oshirilib bo'lgan edi. Darvozabon o'rnida penaltilarni qaytarganman. Albatta eng katta natija mening hayotimda shu bo'lgan.

- 11 – turda Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi o'z uyida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi.  O'yin oldi fikrlaringiz va o'z jamoadoshlaringizga qarshi o'ynash sizga qiyin bo'lmaydimi?

- Malumki ,“Paxtakor” jamoasi o'tgan turda ochko yuqotgan. Albatta ular Jizzaxga ochko olish uchun keladi. Lekin hozirgi kunda Oliy ligada xamma teng. Nomlar va familiyalar hech qanday rol o'ynamiydi. Kim ko'proq maydonda harakat qilsa , qaysi jamoada g'alabaga ishtiyoq kuchliroq  bo'lsa, o'sha komanda g'alaba qozonadi. Bizga ham ochko kerak biz xam g'alaba uchun harakat qilamiz.  Zeroki, bu yilgi tarkib “Sug'diyona”ning eng kuchli tarkibi. “Paxtakor” jamoasi o'yinchilari bilan yaxshi munosobatdaman, lekin maydonda hamma teng. Hammamiz ham klubimiz shani uchun harakat qilamiz.

- Bo'lajak bellashuv oldi juda xam ko'p Jizzaxlik muxlislar aynan siz bilan suhbat qilishimni so'rashdi. Sizni Jizzaxlik muxlislar judayam hurmat qiladi va “Yilning eng yaxshi transferi” ham deyishadi.  Muxlislarga tilaklaringiz.

- Avvalo “Sug'diyona” da ekanligimdan xursandman. Bu klubga kelib juda katta mahorat oshirayapman. Murabbiyim Davron Fayzievga rahmat , chunki bu inson mening faoliyatimga burilish yasadi ,albatta , ijobiy tomonga. Jizzaxlik muxlislardek muxlislarni men hech qaerda ko'rmaganman. Boshqa klublarning o'yinlarida bevosita stadiondan kuzatganimda muxlislar odob ramkalaridan chiqib ketishadi. Jizzaxda esa aksincha. Ayrim o'yinlarimiz muvoffaqiyatsiz yakun topadi, shunday bo'lsa-da stadiondan olqishlar bilan, iliq gaplar bilan kuzatishadi. Juda xursand bo'laman ,chunki haqiqiy muxlislar aynan shunday insonlardir. Rahmat sizlarga, aziz muxlislar. Ishonchingizni oqlaymiz degan umiddaman.

- Mavzudan tashqari bo'lsa-da Franciyada bo'lib o'tadigan “Evro- 2016” da siz qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Futbol ko'rishga uncha vaqtim bo'lmaydi lekin ,“Barselona” klubi muxlisiman. Ushbu klubning hech bir uyinini qoldirmay ko'raman.

Suhbat davomida Murod Xolmuhammedov qanchalik samimiy inson ekanligini anglab olish qiyin emasdi. Murod Xolmuhammedovga keyingi faoliyatiga omadlar va zafarlar tilaymiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi.
Jizzax shaxridan maxsus
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика