Murod Ismoilov: "Yutishimiz kerak bo'lgan bahslarda mag'lub bo'ldik"
03 noy 2013 16:50
Yangiliklar


Murod Ismoilov: "Yutishimiz kerak bo'lgan bahslarda mag'lub bo'ldik"
"Paxtakor" - "SHo'rtan" (4:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
Murod Ismoilov: "Temurxo'ja Abduxoliqov bugun o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etdi. Ammo uning klub bilan shartnomasi yakuniga etdi. Agar klubda qolishni istasa biz bundan xursand bo'lamiz. Nima bo'lganda ham uning qarorini xurmat qilamiz. Uzoq yillik tanaffusdan so'ng klub sovrindorlar safidan o'rin olmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida kerak bo'lmagan joylarda ochkolarni boy berdik. O'z uyimizda "Olmaliq"qa yutqazganimiz ancha og'ir bo'ldi. Turli terma jamoalarga futbolchilarimiz jalb etildi, yutishimiz kerak bo'lgan o'yinlarda mag'lub bo'ldik. Vaziyatni to'g'irlashga vaqt etmay qoldi".

Fikrlar