So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  3 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Murod Ismoilov: "Turon"dan taklif kutgandim" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Turon"dan taklif kutgandim"

Tajribali mutaxassis Murod Ismoilov va "Neftchi" muxlislari o'rtasida muloqot tashkil etildi.

Jarayonda saytimiz muxbiri ham ishtirok etdi. Onlayn muloqot savol-javob ko'rinishida muxlislar etiboriga havola etilmoqda.

- Murod aka, taklifimizga rozi bo'lib biz bilan suhbatga kirishganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aytingchi, futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?


- Taklif uchun rahmat. Futbolga kirib kelishim bu ancha o'tmishda qolgan jarayon. SHunday bo'lsa ham qiziqayotgan ekansiz, javob beraman albatta. Dastlab Boris Petrovich, keyinchalik Valeriy Sidunovlar qo'l ostida Marg'ilon shahridagi bolalar va o'smirlar maktabida shug'ullanishni boshlaganman. Keyinchalik 9-sinfni tamomlagan vaqtimda, aniq yodimda bor, yoz oylarida "Neftchi" yoshlari safiga qo'shilganman.

- Murod aka, bir necha yillardan buyon milliy chempionatlarimizda ishlab kelasiz. Murabbiylik faoliyatingizda eng esda qolarli o'yin qaysi bo'lgan?

- Bu borada har kimning fikri har-xil bo'lishi mumkin. O'zim uchun 2015-yili "Istiqlol" stadionida o'tgan "Neftchi - "Mashal" uchrashuvi bo'lgan. O'sha o'yinda hujumchi Otabek Haydarov zaxiradan maydonga tushib 87-daqiqada gol urgandi.




- Murod aka, "Neftchi"da ishlayotgan davringizda jamoa murabbiylar shtabiga Andrey Fyodorov ham kelib qo'shilgandi. SHundan so'ng jamoa 5 nafar himoyachi o'ynash uslubiga o'tdi. Bu vaziyatni qanday izoxlaysiz?


- To'g'ri, "Neftchi" murabbiylar shtabiga Andrey Fyodorov ham kelib qo'shilgach himoyaviy uslubni ham qo'llab ko'rganmiz. 5 nafar himoyachi bilan o'ynash taklifi Fyodorovdan chiqqandi. U Rossiyada chempionatida taniqli mutaxassis Qurbon Berdiev bilan ishlagan. O'z tajribasidan kelib shu taklifni berdi va biz bu uslubni amaliyotda qo'llay boshladik. Buning sababi, biz uchun natija juda muhim edi. Boisi "Neftchi"ning bizdan oldingi bosh murabbiyi, jamoa afsonasi Yuriy Sarkisyan muntazam yuqori natijalar ko'rsatgandi. SHundan kelib chiqib klub rahbariyati va jamoa muxlislari bizdan g'alabalar talab qilishayotgandi. O'shanda yangicha uslubda o'ynash, o'yinni o'zgartirish jamoa uchun zarur edi va biz buni amalga oshirdik.

- Hozirgi futbolchilar uchun iqtisodiy jihat birinchi o'ringa chiqib qolgandek. Avvallari futbolchilar jamoa uchun vatanparvarlik ruhida o'yin namoyish etishardi...


- Bu fikringizga qo'shilsa bo'ladi. Hozir zamon o'zgarayapti, futbolchi uchun eng muhimi o'ynaydigan jamoasining moliyaviy imkoniyatlari bo'lib qolmoqda. Bizga murabbiylarimiz har doim birinchi o'ringa futbolni qo'yishni o'rgatishgandi. Afsus, hozir unday emas.

Buni yana ikkinchi tomoni ham bor, jamoa ham futbolchi uchun qayg'urishi kerak. Masalan uzoqqa bormaylik, "Neftchi"da Yuriy Sarkisyan qo'l ostidagi futbolchilarga etarlicha mehr ko'rsatardi. Iqtidorli futbolchi Mansur Saidov betob bo'lganida Sarkisyanning o'zi bosh-qosh bo'lib Tibetda davolanishiga sharoit yaratgan. Yoki Nematullo Quttiboev va Andrey Fyodorovlar diskvalifikaciya tufayli malum muddat futboldan chetda qolganlarida ham "Neftchi" ularning oylik maoshlarini to'lab borgan. Jamoa va futbolchi o'rtasida o'zaro ishonch shakllanishi lozim, shunda natija ham bo'ladi.

Bazi jamoalarda futbolchilar aldanib qolgan xolatlar ham yo'q emas. SHu sababdan har bir futbolchi qaysidir jamoadan taklif olsa, avval unga beriladigan mablag' haqida kelishib olayapti. Ularni ham to'g'ri tushunish kerak, futboldagi umri qisqa bo'lishi mumkin. O'ynayotgan davrida nimagadir erishib olmasa, keyinchalik yoshi o'tgach ishsiz qolishi ham mumkin. Hamma ham futbolni tugatgach, murabbiy yoki hakam bo'lib ishlamaydi.

- Murabbiy sifatidagi faoliyatingizni ilk bor qaysi jamoada boshlagansiz?

- Quvasoyning "Cementchi" jamoasida ilk bor bosh murabbiy sifatida ishlagandim. Keyinchalik "Paxtakor" akademiyasida, yoshlar jamoasida ishladim. Asosiy tarkib jamoasida yordamchi murabbiy, bir oz muddat bo'lsa ham bosh murabbiy lavozimida ham faoliyat olib borganman.




- "Neftchi" haqida fikringiz qanday? Jamoadan taklif tushsa ishlagan bo'larmidingiz?


- Hech shubhasiz va mubolag'asiz "Neftchi" men uchun hamisha qadrli bo'lgan. Hozirda Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi jamoada yaxshi ishlarni amalga oshirishmoqda.

Qo'lga kiritilayotgan g'alaba va natijalar bizni xursand qilmasdan qolmaydi. Xudo hohlasa "Neftchi" bu yil Superligaga qaytadi. Biz bunga ishonayapmiz va umid qilayapmiz.

Qachondir jamoadan taklif tushsa hech qachon rad qilmayman. Qo'limdan kelganicha borimni berib ishlashga tayyorman. Aytib o'tganimdek, "Neftchi" hamisha men uchun qadrli bo'lib qolaveradi. Turlicha fikr shakllanmasligi uchun aytib o'tay, "Neftchi"ning hozirgi murabbiylar shtabiga faqat omad va g'alabalar tilayman. Biz muxlis sifatida jamoa uchun hamisha duodamiz.

- Islombek Ismoilov "Turon" bosh murabbiyligidan ketganidan so'ng klub rahbariyatidan taklif kutganmidingiz?


- "Turon"da Islombekka yordam berib kelayotgandim. Bu jamoada juda yaxshi va samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ochig'i Islombek bosh murabbiylikdan ketganidan so'ng klub rahbariyatidan taklif kutganman. Hozirda jamoa bosh murabbiyligini qo'lga olgan Igor SHkvirin yaxshi ishlayapti deb o'ylayman.

"Turon" uzoq muddatni ko'zlangan yaxshi loyiha. Klub rahbariyati bilan muntazam aloqada bo'lib kelayapman. U erda juda yaxshi insonlar ishlaydi. Islombek Ismoilov hozir U-21 jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. "Turon"ga hamisha omad tilayman, yuqoridagi aytganimdek klubda juda yaxshi insonlar ishlaydi.


Onlayn muloqot jarayonidan matnlarni Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика