Murod Ismoilov: "Sen urmasang, senga urishadi"
21 may 2014 20:40
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Sen urmasang, senga urishadi"
“So'g'diyona” – “Neftchi” uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.
“O'tgan turda "Olmaliq" ustidan qozonilgan g'alabamizni bugun ham davom ettirib muxlislarimizni xursand qilishni istagandik. Ammo bugun biz o'ylagandek kechmadi”, - deb gap boshladi Ismoilov.
“Raqibni kamsitmagan holda shuni aytishim mumkinki, bugun o'yin tashkil etish va mahorat bobida yutqazmadik. Gol urish bir qator vaziyatlarni yaratdik. Ammi ularni yakunlashda yigitlarga aniqlik etishmadi. "So'g'diyona" esa yaratilgan ikkita vaziyatdan unumli foydalanib g'alaba qozondi. Futbolda "sen urmasang, senga urishadi" degan naql bor. Bugun huddi shunday bo'ldi. "So'g'diyona" jamoasining ushbu g'alabasi bilan tabriklayman.
“Yana aytaman, o'yinni tashkil etish borasida yutqazmadik. Faqat shu vaziyatlarni golga aylantirishga kelganda aniqlik etishmadi”.
“O'tgan yilgi "So'g'diyona" bilan bugungisini solishtirsa, bu yil yoshlar o'ynamoqda. Ularda mahorat kamroq bo'lsada, lekin ishtiyoq yuqori”.

Fikrlar