So’nggi yangiliklar

20:45Томас Тухель: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  0 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  2 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  0 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  5 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  2 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  3 15:05Манба: "Динамо" футболчиларига 3 ойдан бери маош берилмаяпти  9 14:47Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади  16

Murod Holmuhammedovning "Qo'qon-1912" jamoasidagi o'rinbosarini bilasizmi? Yangiliklar

Murod Holmuhammedovning "Qo'qon-1912" jamoasidagi o'rinbosarini bilasizmi?

"Qo'qon-1912" uchun Superliganing so'nggi turlarini ko'tarinki ruhda o'tdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

AGMK bilan o'z maydonida jangovar durang o'ynagan bo'lsa, 26-turda Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi. SHu kuni maydonda muxlislar 5ta ajoyib gol guvohiga aylanishdi. Muhammadanas Hasanovning burchakdan to'g'ridan-to'g'ri O'tkir Yusupov darvozasini aniq nishonga olishi o'yinning jozibasini yanada oshirdi, deya olamiz. Tezkor yarim himoyachi Baxtiyor Ashurmatov jamoaga kelgach yangi darajaga chiqdi. Jamoa etakchisi Murod Holmuhammedov maydonga tushmagan o'yinlarda standart vaziyatlarda o'zini ko'rsatdi, tezkor harakatlari bilan ajralib turdi. 2021 yilgi mavsumda jami 26 uchrashuvda 5ta gol urdi va jamoadoshlariniing 3ta goliga assistentlik qildi. Yaqinda mahoratli yarim himoyachi bilan suhbatlashdik. 

- "Qo'qon-1912" mavsumni Yaypandagi g'alaba bilan boshlab, Namangandagi g'alaba bilan yakunladi. Ushbu jihatda ham ramziy mano yashiringandek. Jamoa uydagi o'yinlarga qaraganda, safarda ko'proq g'alabalarga erishdi...
- Avvalambor assalomu aleykum. Joriy yilgi O'zbekiston chempionati kurash va shiddatlarga boy o'tdi. O'zingiz ham guvoh bo'ldingiz, ikkinchi va uchinchi o'rinlarga kurash oxirgi turgacha davom etdi. "Navbahor" bilan o'yinga keladigan bo'lsak, haqiqatdan ham derbi nomiga mos o'tdi. Yakunda biz 3:2 hisobida g'alaba qozondik. Menimcha bu uchrashuvdan muxlislar rohatlanishdi. Mazkur bellashuvga odatdagidek tayyorgarlik ko'rdik. Bizga motivaciya beradigan narsa uchrashuvning derbiligi edi. To'g'ri aytdingiz jamoamiz safarda kechgan 13ta o'yinda 21 ochko jamg'ardi. Mehmonda to'plangan ochkolarda "Paxtakor"dan keyingi o'rinni egalladi. Uyda ham shunday ko'rsatkich qayd etganimizda chempionatni yuqori o'rinlarda bemalol tugatardik. 

- So'nggi ikki mavsum bilan solishtirganda qiziq holatni ko'rishimiz mumkin. 2020 yil uy jamoasi, deya tariflangan "Qo'qon-1912" bu yilga kelib safar jamoasiga aylandi...
- Nazarimda uydagi o'yinlarda omadimiz kelmadi. Ko'p uchrashuvlarda ustunlik tomonimizda bo'ldi. Raqiblardan ko'p vaziyatlar yarata turib, golni ular urib ketgan holatlar ham uchradi. "Paxtakor", "Lokomotiv" kabi nomdor jamoalarni yutdik. "Bunyodkor" va AGMK bilan bahslarda jangovar durang qayd etildi. 

- Yuqorida ham takidladik, Baxtiyor Ashurmatov jamoaga kelgach ko'p futbolchilar qatori sizga ishonch bildirdi. Standart vaziyatlarda o'ta aniqlik bilan harakat qiladigan Murod Holmuhammedov ishtirok etmagan bahslarda ushbu vazifa sizga yuklatildi...
- Birinchi navbatda yaratganga shukur aytaman. Ikki yil barqaror ravishda jarohatlarsiz o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Baxtiyor aka va ularga yaqindan yordam bergan Davron Fayzievga bildirilgan ishonch uchun katta rahmat. Mashg'ulotlarda standart vaziyatlar ustida ko'p ishlaymiz. Mashg'ulotlar mahsulini rasmiy o'yinda ko'ramiz. Gohida o'xshaydi yoki o'xshamaydi. 

- Murod Holmuhammedovga o'rinbosar sifatida ko'rilishingiz yoqimli bo'lsa kerak...
- Murod akaga o'rinbosar bo'lish yaxshi albatta. O'yindan oldin jarima zarbalari vaqtida kim qaysi poziciyadan tepishi borasida ko'rsatma beriladi. 

- Mavsumdagi qaysi o'yin jamoa uchun burilish nuqtasi bo'la oldi?
- "Metallurg" bilan safardagi 1:0 hisobida qo'lga kiritilgan g'alaba juda katta ahamiyat kasb etdi. Mavsumni 8 o'rinda tugatish biz uchun qoniqarsiz natija hisoblanadi. Yil davomida bizni qo'llab-quvvatlagan sodiq muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика