So’nggi yangiliklar

00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  1 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  0 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  14 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  5 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0

Murabbiymi yoki mutaxassis? Farg'onada bo'lib o'tgan kechagi "O'zbekcha klasiko" haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Murabbiymi yoki mutaxassis? Farg'onada bo'lib o'tgan kechagi "O'zbekcha klasiko" haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Ko'rdingiz, tomosha qildingiz, balki shunchaki eshitdingiz, "Istiqlol"da bo'lib o'tgan "Neftchi" – "Paxtakor" to'qnashuvida farg'onaliklar g'alabani tantana qilishdi.

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoa "O'zbekcha klasiko" deb nom olgan qarama-qarshilikning bugungisida "Paxtakor"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va toshkentliklarga nisbatan 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi.

Boshidan boshlaymiz, "Istiqlol"ga do'stlarim bilan o'yin boshlanishidan bir soat avval etib keldik. Bu vaqtda stadion kassalarida talaygina navbat yuzaga kelgandi. Uchrashuvga qancha muxlis tushganini va "O'zbekcha klasiko"da qanday atmosfera yuzaga kelganini men aytmasam ham bilasiz. El qatori kassa yonida navbat turdik, menda akkreditaciya bor, biroq do'stlarimga o'yinga kirish uchun chipta zarur edi. Ajablantirgan jihat, kirish chiptalari ayni o'sha vaqtda avval elon qilinganidan bir muncha arzonlashtirilgan narxda sotilayotgandi. Buni stadion mamuriyatining o'yinni tomosha qilish istagida etib kelgan muxlislar uchun yaratilgan qulaylik deb tushundim, balki qo'shilarsiz.

Stadionga kirdik, 7-sektor "Istiqlol"dagi o'yinlarni tomosha qilish uchun qulay joy hisoblanadi. Do'stlarim chiptada ko'rsatilgan o'rindiqlarga joylashishdi, men jurnalistlar uchun mo'ljallangan media-tribuna tomon yo'l oldim. O'yin avvalida so'z ustalarining chiqishlari va koncert dasturi deyarli to'lib borayotgan stadiondagi muxlislarni zeriktirib qo'ymadi, albatta.

Nihoyat, uchrashuv boshlanish vaqtiga yaqinlashdi va jamoalar "O'zbekcha klasiko"ni o'tkazish uchun maydonda saf tortishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jamoalar bir-birlarini o'rganish uchun vaqt sarflagandek ko'rindi. Birinchi bo'limda "Neftchi" tanlagan uslubni anglash biroz mushkul bo'ldi. Masalan, jamoa himoyadan tez hujumga o'tishidan qarshi hujum taktikasiga asoslangan desangiz, bazi vaziyatlarda pozicion hujumlar orqali oldinga o'tdi. O'yinning birinchi qismida yuzaga kelgan eng yodda qolarli vaziyatlar Umar Adhamzodaning o'ng qanotdan yorib kirib darvozaga yo'llagan zarbasi, Mirzohid G'ofurovning chap qanotdan tashkil etgan reydi va jarima maydoni ichkarisiga yo'llagan juda qulay uzatmasi bo'ldi. Bo'lim davomida maydon egalarining eng zo'r imkoniyati, shubhasiz, "Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatovning jarima maydonidan uzoqlashtirish maqsadida to'pni yuborganidan keyin yuzaga keldi. Bunda Quvvatovning zarbasi o'xshamadi, to'p "Neftchi" futbolchisiga tushib qoldi va jarima maydoni ichkarisiga yo'llangan uzatmadan so'ng deyarli barcha "hozir gol bo'ladi" deb turgandi. Biroq ushbu vaziyat to'p yo'liga g'ov bo'lgan "Paxtakor" himoyachisining mukammal harakati natijasida bartaraf etildi.

O'yinning birinchi bo'limini ko'rmay qolgan bo'lsangiz, juda qayg'urib yubormang. Uchrashuvning asosiy voqeliklari ikkinchi bo'limda yuz berdi. Dastlab "Paxtakor" jarima maydoni ichkarisida yuzaga kelgan "tala-to'p"dan so'ng "Neftchi" legioneri Oleksey Larin hisobni ochdi. Eng qizig'i, Larin gol urgach, Farg'ona jamoasi vakillari golni ayni shu erning o'zida, Sanjar Quvvatovning qarshisida nishonlashdi. "Paxtakor" vakillari esa o'yinning 70-daqiqasida yuzaga kelgan imkoniyatni qanday qilib golga aylanmaganiga o'zlari ham hayron bo'lishayotgani aniq. Tezkor qarshi hujum, aniq uzatmalar va o'sha mashhur CHeran "Neftchi" posboni bilan birga-bir vaziyatda qoldi. Odatda bundan-da qiyin vaziyatlardan shak-shubhasiz gol uradigan Dragan kechagi o'yinda chamasi 5-6 metrlar masofadan aniq zarba bera olmadi. Juda qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi, CHeranninn zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi!

Endi penalti belgilangan vaziyat haqida. O'yinning 79-daqiqasida yuzaga kelgan xolat farg'onaliklarga "Paxtakor" darvozasiga ikkinchi to'pni kiritish imkoniyatini olib keldi. Ulug'bek Hoshimov jarima maydoni ichkarisida yiqitildi, bosh hakam Ilgiz Tantashev dastlabki qarorida penalti belgilash uchun asos yo'q deb topdi va o'yin davom ettirildi. Ammo shu vaqtda VAR tizimi katta sahnaga chiqdi. Aloqa vositasi orqali Tantashevga xabar berildi chog'i, bosh hakam VAR monitori tomon yo'l oldi. Deyarli butun stadion "Penalti, penalti" deya hayqirayotgani ko'z oldingizga kelgandir.

Ilgiz Tantashev monitordagi kadrlarni ko'rib chiqqach, yakuniy xulosaga keldi va 11 metrlik nuqta tomon ishora qildi. Farg'onaliklarning yana legioneri Toma Tabatadze penaltidan gol urdi - 2:0. 

Bu orada esa o'yinning so'ngi daqiqalariga etib kelgandik. Amaldagi chempion – "Paxtakor"ning shu kuni hujumda ham, himoyada ham birdek faol bo'lgan vakili Doston Tursunov 90+7 daqiqada burchak zarbasidan yuzaga kelgan vaziyatda boshi bilan zarba yo'llab hisobni qisqartirdi - 2:1. "O'zbekcha klasiko"ning kechagisi ayni shu hisob bilan yakuniga etdi.

O'yin vaqtida va yakunidan so'ng ko'pchilik bilan suhbatlashdim. SHulardan birida tajribali muxlis "Levchenko har o'yinda alohida tanlab olingan futbolchini oldinga chiqarish orqali rang-baranglik taqdim etayapti" degan fikrni berdi. Qo'shilaman, "Neftchi" kechagi bahsda "Metallurg" bilan o'yindan boshqacharoq uslubdan foydalandi. Masalan, "Real"da Anchelotti raqiblarga shunaqa kayfiyatni taqdim etadi. Kimdan xavf kutishni bilmaysiz, bugun Valverde, ertaga Benzema, indingi o'yinda Vinisius. Yosh bola deb kutmasangiz, Rodrigoning bir o'zi ham Gvardiolaning "Manchester Siti"sini ECHLdan chiqarib yubora oladi.

Eng so'ngida esa maqola sarlavhasiga izox beraman, Vitaliy Levchenko shunchaki murabbiy emas, balki futbol mutaxassisi ekan. Hamma ham murabbiy bo'lishi mumkin, biroq mutaxassis bo'lish qiyin. Kechagi o'yinning har bir daqiqasigacha hisob-kitobli rejasi bo'lgan "Neftchi" bosh murabbiyi nazarimda ayni shunday etirofga munosib.

Bekzod Tolibov

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика