Muni Mirmuhsin Yusupov: "Asosiy tarkibga osonlikcha mag'lub bo'lmoqchi emasmiz"
17 mar 2016 18:30
Yangiliklar


Muni Mirmuhsin Yusupov: "Asosiy tarkibga osonlikcha mag'lub bo'lmoqchi emasmiz"
"Nasaf-2" jamoasi ustidan g'alaba qozongan birinchilik jamoasi quraga ko'ra asosiy tarkib jamoasiga to'g'ri keldi. Ushbu bahs oldidan "Mashal-2" futbolchisi Muni Mirmuhsin Yusupov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Asosiy tarkib tajriba borasida ham, mahorat va jismoniy holati bo'yicha ham bizni jamoadan sutun lekin bu degani biz osonlikcha taslim bo'lamiz degani emas. Imkoniyatimiz oxirgacha kurashamiz. Asosiy tarkibga munosibligimizni isbotlash uchun ikki hissa kuch bilan o'ynashimiz aniq. BG o'yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Maydonda haqiqiy kurash kechadi. Tarkibimiz yoshlardan iborat va shijoat borasida asosiy tarkibdan orqada emasmiz.
Bu yilda birinchi liga jamoamizda murabbiy o'zgardi. Har bir murabbiyning o'ziga xos futbol qarashi bor. Hujumkor futbol tarafdorimiz. Mikola Lapa bilan qishgi yig'inlarimiz ko'ngildagidek o'tdi. Bizga salbiy tasir etadigan yagona holat bu o'yin amaliyotining kamligi bo'lishi mumkin. Qolgan hammasi joyida", - deydi Muni Mirmuhsin Yusupov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar