So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Mundialmos mutaxassis Yangiliklar

Mundialmos mutaxassis

Nufuzli musobaqalarning favoritlari safida yuradigan terma jamoalarning naqd 6tasi Rossiya mundialiga yangi bosh murabbiylar rahbarligida yo'l oladigan bo'lishdi.

Sababi oddiy - Angliya, Ispaniya, Braziliya, Italiya, Argentina va Belgiyaning so'nggi qita birinchiliklarida ko'rsatgan o'yinlari muxlisu-mutaxassislarni qoniqtirmadi.

Sem Ellardays (Angliya)

Yoshi:
61 yoshda

Faoliyati: 1991 yildan hozirgacha 9ta klubga ustozlik qilgan. Jumladan, Irlandiyaning Limerik, Angliyaning Bolton, Nyukasl, Blekbern, Vest Xem va Sanderlend jamoalariga.

Natijalari: 1992 - Irlandiya 2-ligasi g'olibi (Limerik), 1998 - Angliya 1-divizioni g'olibi (Notts Kaunti), 6 marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor bo'lgan.

Ellardays nomzodi avval ham FAning ro'yxatlaridan joy olgan. Lekin har doim favoritlik boshqa mutaxassislarga nasib etgan. Katta Sem shu paytgacha birorta grand jamoani boshqarmagan, ECHL tajribasiga ega emas. Uning sevimli pragmatik futbolini ko'pchilik yoqtirmaydi: bir paytlar Mourino bu kasbdoshini XIX asr murabbiyi, deb atagan. Nyukasl muxlislari esa zerikarli uslubga qarshi isyon ko'tarishgandi. Qolaversa, Ellardays shu paytgacha hatto o'smirlar terma jamoasiga ham ustozlik qilgan emas. Xo'sh, nima uchun aynan Ellardays?

Birinchidan, katta Sem hisobida shonli g'alabalar bo'lmasada, u tayyorgarlikning ilg'or usullaridan foydalanadigan malakali nazariyotchi. Qolaversa, taktika borasida ham Ellardays qatiy nuqtai-nazarga ega. Roy Xojsondek har maqomga yo'rg'alash odati yo'q.

Ikkinchidan, Evro-2016dagi pragmatik Fernandu Santushning muvaffaqiyati ingliz futboli mutasaddilarini shunday qarorga olib keldi.

Uchinchidian, katta Sem - angliyalik, matbuot vakillari bilan do'stona munosabatlar o'rnatgan. Jamoada ajoyib ruhiyat hukmron bo'lishida buning ahamiyati katta. Anchadan beri omadsizlik changalidan xalos bo'la olmayotgan Angliya sharmandalik hissiyotidan bezor bo'lgan. Ana shu tushkun kayfiyatga barham berish - Ellardays­ning bosh vazifasi!

Xulen Lopetegi (Ispaniya)

Yoshi
: 49da

Faoliyati: Rayo Valekano, Real Madrid Kastilya, Ispaniyaning U-19, U-20, U-21 terma jamoalari, Portu.

Natijalari: Evro-2012 (U-19) va Evro-2013 (U-21) g'olibi.

SHu paytgacha Lopetegi faqat bitta yuksak saviyadagi jamoa - Portuga murabbiylik qilishga ulgurgan, xolos. 2014|2015 yillar mavsumida ajdaholar ECHLning chorak finaliga qadar etib borishgandi. Lekin Portugaliyadagi bir yarim yillik faoliyatida birorta sovrinni qo'lga kiritolmagan. Tabiiyki, yana o'sha dolzarb mavzu ko'ndalang bo'ladi: nima uchun aynan u?

Visente del Boske vorisini belgilashda avvalo ketma-ketlik tamoyiliga amal qilindi. Tajribali mutaxassis Ispaniyani yangi saviyaga olib chiqdi. Biroq oxirgi 2 nufuzli musobaqa natijalaridan malum bo'ldiki, u o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalanib bo'ldi. SHu bois, terma jamoa har ikki turnirda ham muddatidan avval ortga qaytishga majbur bo'ldi. Oltin avlod vakillarining bir qismi (Xavi, Xabi Alonso, Kasilyas) katta sahnani tark etdi, qolganlari esa (Inesta, Silva, Fabregas) shunga yaqinlashib qolishdi. Lopetegi esa yosh avlod vakillarining imkoniyatlaridan yaxshi xabardor. Aynan shu mutaxassis rahbarligida Morata, Alkaser, Karvaxal, Alkantara, de Xea, Inigo Martines, Bartra, Isko, Koke, Ilyarramendi, Telo, Moreno, Muniain kabi bir qator iqtidor sohiblari o'smirlar va yoshlar o'rtasida Evropa chempioni bo'lishgan. Murabbiy bosh jamoani qabul qilar ekan, o'z shiorini elon qildi: Inqilob emas, evolyuciya!

Del Boske davrida ham shu jarayon amalga oshirilayotgandi. Lopetegidan suratni oshirish talab etiladi.

Tite (Braziliya)

Yoshi:
55da

Faoliyati: Braziliyaning Guarani, Gremio, Atletiko Mineyro, Palmeyras, Internasional, Korintians va boshqa bir qator jamoalarini boshqargan. BAAning Al-Ayn va Al-Vahda klublarida ishlagan.

Natijalari: Libertadores kubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibi (2012), Janubiy Amerika superkubogining sohibi (Korintians, 2013), Janubiy Amerika kubogi (2008, Internasional) va Braziliya kubogi (2001, Gremio) sohibi, Braziliyaning 2 karra chempioni (2011, 2015, Korintians).

Amirliklarga uyushtirilgan 2 qisqa xizmat safarini hisobga olmaganda, Adenor Leonardo Bakki yoki qisqacha Tite o'zining futbolchilik va murabbiylik faoliyatini Braziliyada o'tkazgan. 28 yoshida jiddiy jarohat olgan yarim himoyachi 30 yoshidan boshlab murabbiylik sohasida mehnat qilmoqda. Tite Korintiansni 4 marta qabul qilib olgan. 2 marta jamoani tark etishiga terma jamoadan tushgan takliflar sabab bo'lgandi. Dastlabki taklif taklifligicha qolib ketdi - Skolari boshqargan pentakampeonlarning o'z uyidagi omadsizligidan so'ng mutasaddilar Titega emas, Dungaga ishonch bildirishgandi. Biroq qatorasiga 2 marta Amerika kubogida va JCH-2018ning saralash bosqichidagi sust ishtirok Titega murojaat qilishga majbur etdi.

Yangi bosh murabbiy bosh jamoani boshqarish orzusini yashirmagan bo'lsada, kasbdoshlari ustozlik qilayotgan vaqtlarda o'z nuqtai-nazarini bildirishdan bosh tortgandi. Terma jamoaga ustozlik qilmagan bo'lsada, braziliyalik afsungarlarning ko'pchiligiga turli klublarda ustozlik qilgan. Yani yulduzlar bilan bemalol tillasha oladi. Vatandoshlari Titeni pragmatik mutaxassislar toifasida ko'radilar. JCH-2018ni mo'ljallayotgan Braziliya uchun hozirda aynan shu uslubdagi murabbiy kerak.

Jampero Ventura (Italiya)

Yoshi:
68da

Faoliyati: Italiyaning Sampdoriya, Lechche, Kalyari, Udineze, Napoli, Bari, Torino kabi 17ta klubiga ustozlik qilgan.

Natijalari: Torino bilan V seriyasida 2-o'rinni egallab, A seriyasiga yo'l olgan (2012), Lechcheni (1997) va Kalyarini (1998) 3-o'rin bilan elitaga olib chiqqan, Lechche bilan (1996) S seriyasida g'olib bo'lgan.

Bu mutaxassis ham bosh jamoani boshqarish orzusida bo'lsada, top-klublarda ishlash nasib etmagan. 2009 yilda Ventura Barini Antonio Kontedan qabul qilib oldi. Uning ilk mavsumida Bari rekord darajada (50) ochko jamg'arib, 10-o'rindan joy oldi. Lekin keyingi mavsumda elittani tark etdi. Ventura esa Torinoga o'tib, 5 yil ishladi. Uning davrida jamoa sezilarli yuksalishga erishdi, murabbiy Glik, CHerchi, Immobile, Darmian va Leonardo Bonuchchi kabi iqtidor sohiblarini kashf etdi. Bonuchchining takidlashicha, yoshlarni ruhlantirish, bir maqsad yo'lida birlashtirish borasida Ventura yuksak qobiliyat sohibi. U har qanday murakkab vaziyatda ham shogird­lari ko'nglini ko'tara oladi. Xotirjam bo'ling, siz bir gala och timsohlarga qarshi emas, bor-yo'g'i Yuventusga qarshi maydonga tushyapsiz - degandi murabbiy principial derbi arafasida.  Venturaning jamoalari doimo jo'shqin va muxlisbop o'yin uslubi bilan ajralib turgan.

Ventura italiyalik keksa murabbiylar ro'yxatida Fulvio Bernardinidan (69 yosh) keyingi o'rinda turadi. Lekin buni faqat uning pasportiga qaragan kishi biladi, xolos. Terma jamoani qabul qilish arafasida Ventura o'zidan 30 yosh kichik bo'lgan ayol bilan nikohdan o'tdi.

Edgardo Bausa (Argentina)

Yoshi:
58da

Faoliyati: Janubiy Amerikaning bir qator jamoalari, jumladan, Peruning Sporting Kristal, Ekvadorning LDU Kito, Argentinaning San-Lorenso, Braziliyaning San-Paulu klublarini boshqargan.

Natijalari: Peru chempioni (2005), Ekvador chempioni (2007, 2010), Libertadores kubogi sohibi (2008, 2014), Janubiy Amerika superkubogi sohibi (2010).

Buni qarangki, azaliy raqiblar hisoblanmish Argentina va Braziliya terma jamoalariga kelgan yangi murabbiylarda o'xshash jihatlar juda ko'p: Bausa ham Tite kabi Evropada ham, terma jamoalar bilan ham ishlamagan, aniq hisob-kitobga asosan ish ko'rishni yoqtiradi, sov-rinlari ham ko'p emas - LDU va San-Lorensolar bilan qo'lga kiritilgan Libertadores kuboklari. Agarda klublar o'rtasidagi JCHning finalida MYU darvozasini Edvin van der Saldan boshqa darvozabon qo'riqlaganida, Bausa Ekvador klubi bilan yana bir nufuzli sovrinni qo'lga kiritardi.

Bausa - bor imkoniyatlaridan unumli foydalanadigan malakali mutaxassis. Argentinada esa sifatli materiallar etarli. Lekin yangi bosh murabbiy avvalo Messini qaytarish yo'lini topdi. Ha, bu - oson ish emasdi: qatorasiga boy berilgan 3ta final 5 karra Oltin to'p sohibining ruhiyatiga qattiq tasir etdi.

Roberto Martines (Belgiya)

Yoshi:
43da

Faoliyati: Sounsi, Uigan, Everton

Natijalari: CHempionship g'olibi (2008), Angliya kubogining sohibi (2013)

Yuqorida zikr etilgan murabbiylarning tayinlanishi - tavakkalchilik unsuridan holi bo'lmasada, belgiyaliklar qarori hammasidan o'tib tushdi. Mark Vilmots­ni Evro-2016dan keyin taraqqiyotni taminlay olmagani uchun istefoga chiqarishdi: o'z tarixida eng kuchli tarkibga ega bo'lgan jamoa qatorasiga 2 marta yirik turnirlarning chorak finalidan u yog'iga o'ta olmadi. Braziliya mundialida-ku jamoa qudratli Argentinani enga olmagandi. Biroq Franciyada Evrodebyutanti - Uelsga kuchi etmadi. Demak, qandaydir jiddiyroq chora ko'rmaslikning iloji yo'q edi. Matbuot Lui van Gal, Gus Xiddink, Luis Fernandes va Alen Perren kabi mutaxassislar tajribasiga umid bog'layotgan bir paytda, qaerdandir ispaniyalik murabbiy paydo bo'ldi.

1995 yildan beri Angliyada istiqomat qilayotgan Martines avvaliga tayanch yarim himoyachi poziciyasida to'p surdi. 2007 yildan boshlab o'zining sobiq jamoalarida murabbiylik qildi. Faoliyati davomida malum muvaffaqiyatlar va omadsizlikni qayd etdi. Xall bilan shartnoma imzolash arafaasida Belgiyadan taklif oldi.

Murabbiy qizil iblislarning etakchilari - Romelu Lukaku va Kevin Miralyaslarga o'z vaqtida (Everton) ustozlik qilgan, terma jamoaning bosh-qa azolarini ham APL orqali yaxshi biladi. Ehtimol, aynan shu jihat mutasaddilarni Martinesga ishonch bildirishga undagandir? Lekin nima bo'lganda ham, o'ta qaltis qaror - jamoa ayni navqiron yoshda, hozir yo'l qo'yilgan xatoni 3-4 yildan keyin to'g'rilab bo'lmaydi. Yani oltin avlodning faoliyati barbod bo'ladi.

I. RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика