So’nggi yangiliklar

09:25Неймарнинг кейинги манзили аниқ?  0 08:48Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:20МЛС. "Интер Майами" сафарда қийин ғалабага эришди, Месси жарима зарбасидан гол урди  11 08:15"Брест" иккинчи, "Барселона" ва "Реал Мадрид" ёнма-ён кетмоқда. EЧЛ иккинчи туридан сўнг турнир жадвали қандай ҳолатда?   6 07:40Про лига. Бугун 22-турга старт берилади  0 02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  48 00:50"Атлетико" жазоланди  6 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   4 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  2 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  16 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9

Mundiallar professori - Miroslav Kloze (FOTO) Yangiliklar

Mundiallar professori - Miroslav Kloze (FOTO)

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze Braziliyada o'tayotgan mundialda o'zining to'rtinchi ishtirokini o'tkazmoqda.

Ushbu futbolchi 2001 yildan buyon Germniya terma jamoasining asosiy hujumchisi sanalib kelinadi.

Miroslav Kloze jahon futboli tarixida iz qoldirishga ulgurgan kuchli hujumchi sanaladi. Germaniya terma jamoasining ketma-ket to'rtta mundialda hujum chizig'idan o'rin olib kelayotgan ushbu "snayper" jami raqiblar darvozasiga 15 marotaba o'l topa olgan va bu borada mundiallar tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turgan braziliyalik hujumchi Ronaldoga etib oldi va rekordni takrorladi. Miroslav Kloze ayni paytda ushbu ko'rsatkichini yanada oshirib olish imkoniyatiga ega. 


Bu hujumchi borasida juda ko'p va xo'p to'xtalib o'tish mumkin. Miroslav Kloze bosh bilan o'ynash bo'yicha jahonning istalgan futbolchisi bilan raqobatlasha oladi. Ikkinchi qavatda Klozega bas qilish qiyinligini unga qarshi o'ynagan himoyachilar juda ko'p bora takidlab o'tishgan. 

Hayotda juda bosiq va kamtarin inson Kloze maydonda ham har doim raqiblariga katta hurmat bilan munosabatda bo'ladi. Hech bir himoyachi yoki futbolchilar bilan janjallarga aralashmay keladigan Kloze, hakamlar qarorlariga ham deyarli katta etiroz ko'rsatib, bahslashuvga bormaydi. Uning bu fazilatlarini deyardi har bir hakam yaxshi biladi. Raqib darvoza oldida kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo'lib qoladigan Kloze raqib posbonlarining haqiqiy "dushmani" hisoblanadi. 


Miroslav Klozeda yuqori texnika yoki katta tezlik yo'q. Uning asosiy yutug'i bu aql bilan futbol o'ynashidadir. 

Kloze ayni paytda 36 yoshda va u haligacha o'z sport formasini kerakli darajada ushlab tura olmoqda. Qariya futbolchi bo'lishiga qaramay, o'z ishini juda uddaburondik bilan bajarib kelmoqda. 

13 yildan buyon "nemis mashinasi"ning asosiy hujumchisi bo'lib kelish hazilakam ish emas. Ronaldoning rekordini takrorlay olgan Kloze, endi uni yangilay oladimi? Ayni paytda juda ko'pchilikni ushbu savol qiziqtirmoqda. 

Germaniya ikkinchi turda Ganaga qarshi bellashuvda mag'lubiyatga uchrab turgan bir paytda, Yoaxim Lyov maydonga Miroslav Klozeni tashladi va Mirko uchrashuvdagi o'zining ilk to'pga tegishini gol bilan yakunlashga erishadi. Kerakli pallada jamoasi joniga oro kirgan ushbu super futbolchini har qancha maqtasa arziydi. 


Kloze mundiallarda gol kiritgan o'yinlarda Germaniya terma jamoasi hali biror marta mag'lub bo'lmagan. Gana bilan o'yinda "nemis mashinasi"ni ham aynan "gol mashina" mag'lubiyatdan qutqarib qolgani bejizga emas.  

Miroslav Kloze avvalgi uchta mundialda jamoasi bilan ikki bor bronza va bir marta kumush medallariga ega chiqdi. Lekin hozircha unga va jamoasiga oltin medallarni taqish nasib etmay kelmoqda. Braziliyadagi mundialda Kloze va "nemis mashinasi" nihoyat ushbu qora ananani buza oladimi? Kloze mundiallar tarixida eng ko'p gol kiritgan futbolchilar orasida yakka peshqadamga aylana oladimi? Klozening faoliyatidagi so'nggi mundial har tomonlama omadli chiqadimi? Bu savollarga yaqin orada javob olamiz. 


Hozircha esa ushbu super-forvardning mundiallar tarixidagi barcha gollariga ko'z yugirtirib chiqamiz.

1. Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozasiga. (2002)

2. Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozasiga. (2002)

3. Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozasiga. (2002)

4. Irlandiya terma jamoasi darvozasiga. (2002)

5. Kamerun terma jamoasi darvozasiga. (2002)

6. Kosta-Rika terma jamoasi darvozasiga. (2006)

7. Kosta-Rika terma jamoasi darvozasiga. (2006)

8. Ekvador terma jamoasi darvozasiga. (2006)

9. Ekvador terma jamoasi darvozasiga. (2006)

10. Argentina terma jamoasi darvozasiga. (2006)

11. Avstraliya terma jamoasi darvozasiga. (2010)

12. Angliya terma jamoasi darvozasiga. (2010)

13. Argentina terma jamoasi darvozasiga. (2010)

14. Argentina terma jamoasi darvozasiga. (2010)

15. Gana terma jamoasi darvozasiga. (2014)

Miroslav Kloze haqida:

Tug'ilgan sanasi: 1978 yil, 9 iyun.

To'liq ismi: Miroslav Marian Kloze

Laqablari: Miro, Mirko.

Ampluasi: Hujumchi

Bo'yi: 184 sm

Vazni: 81 kg

Faoliyati:  

1998-1999 "Homburg" 18 o'yin (1)

1999 "Homburg-2" 15 o'yin (10)

1999-2004 "Kayzerslautern"  120 o'yin (44)

1999-2001 "Kayzerslautern-2" 50 o'yin (26)

2004-2007 "Verder" 89 o'yin (53)

2007-2011 "Bavariya" 104 o'yin (28)

2011-... "Lacio" 80 o'yin (35)

2001-... Germaniya terma jamoasi 133 o'yin (70)


Jamoaviy yutuqlari: JCH-2002 (kumush medal), JCH-2006 (bronza medal), JCH-2010 (bronza medal)

Evro-2008 (kumush medal), Evro-2012 (bronza medal)

"Verder" tarkibida: Germaniya chempionati kumush medali sohibi va Germaniya ligasi kubogi sohibi (2006)

"Bavariya" tarkibida: Germaniya ligasi kubogi sohibi (2007), Germaniya chempioni (2008, 2010),  Germaniya kubogi sohibi (2007/2008, 2009/2010), Germaniya superkubogi sohibi (2010).

Lacio tarkibida: Italiya kubogi sohibi (2012/2013).








Individual sovrinlari

Germaniya terma jamoasi to'purari

Jahon chempionati kumush butsasi sohibi (2002)

Jahon chempionati oltin butsa sohibi (2006)

Mundial tarixida ketma-ket uch marotaba to'rttadan kam gol urmagan yagona futbolchi

JCH-2002 ramziy terma jamoasidan o'rin olgan

JCH-2006 ramziy terma jamoasidan o'rin olgan

Germaniya chempionati to'purari (2005/2006)

Germaniya chempionatining eng yaxshi assistenti (2006/2007)

Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi (2006)

XXI asrning goledorldar TOP-20 ruyxatida 2 o'rinda boramoqda

FIFAning "Fair Play" sohibi (2012) 












Qiziq, Kloze o'zining mundiallardagi takrorlanmas va ananaviy 16 - "salto"sini ko'rsatarmikan?







SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика